J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o„rtasidagi ayrim farqlar 11.1-jadval Monetarizm ham, keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash
zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir
davrda qo‗l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois iqtisodiy
vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Muhokama uchun savollar 1.
Monetarizm asosiy qoidalarining o‗ziga xosligi nimada?
2.
Ayirboshlash tenglamasining mohiyatini tushuntirib bering.
3.
M.Fridmen bo‗yicha pulga bo‗lgan talab qanday omillar bilan
aniqlanadi?
4.
Pul taklifi, deganda nimani tushunasiz?
5.
J.M.Keyns va M.Fridmen bo‗yicha pul massasi bilan YaIM
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik qanday mexanizmlar orqali tushuntirib
beriladi?
6.
M.Fridmenning pul qoidasining mohiyati nima?
7.
Monetarizm va keynschilik nazariyalarining o‗xshashligi va
o‗ziga xosligini tushuntirib bering.
Keyns Fridmen Davlatning bozor xo‗jaligiga
aralashuvi zarur
Bozor o‗zini o‗zi tartiblashga qodir
Ish bilan bandlik yalpi talabga
bog‗liq
Iqtisodiyot o‗zi ishlab chiqarish va
ish bilan bandlik darajasini
o‗rnatadi
Pul massasi ishlab chiqarishga
nisbatan xolis (yomon ham,
yaxshi ham ta‘sir etmaydi)
Pul massasi – baholarning o‗sishi
va konyunkturaning o‗zgarishi
sababchisidir
Asosiy muammo - ishsizlik
Asosiy muammo – inflyatsiya
O‗zgaruvchan pul siyosati lozim Barqaror pul siyosati zarur
Byudjet kamomadi – talabni
rag‗batlantirish vositasi
Byudjet kamomadi – inflyatsiya
sababchisi