O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Milton Fridmen
(1912-2006)


244 
Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko‗ra 
davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. 
Davlatning xo‗jalik jarayonlariga aralashuvi iqtisodiyotning o‗zini o‗zi 
tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va 
ishlab chiqarish barqarorligini ta‘minlagan holda pul muomalasini 
nazorat qilish bilan cheklanmog‗i lozim. 
Monetarizmning asosiy qoidalari. 
M. Fridmen konsepsiyasini 
tasavvur qilish uchun uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo‗llab-
quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‗rib chiqamiz. 
Monetaristlar 
fikricha, 
bozor 
iqtisodiyoti 
o‗zining ichki 
xususiyatiga ko‗ra barqarorlikka, o‗zini o‗zi tartiblashga intiladi. Bozor 
raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta‘minlaydi. Mabodo 
muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo‗lib xizmat 
qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar 
natijasida emas, balki tashqaridan bo‗ladigan arashuvlar, davlat 
tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi. 
Bozor xo‗jaligining barqarorligi to‗g‗risidagi ushbu qoida J.M. 
Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi to‗g‗risidagi 
tasdig‗iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma‘muriy, baholar dastak-
lari, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada barqarorlashtirishga 
qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini 
oldindan bilish mumkin bo‗lgan dastaklar sifatida baholagan bo‗lsa, 
M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday 
tavsiflaydi. Uningcha (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy 
faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik 
va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda 
almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen 
pul harakati (pul massasining o‗sish sur‘ati) va yalpi ichki mahsulot 
o‗rtasida o‗zaro chambarchas bog‗liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul 
massasining o‗sish sur‘atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish 
yuritishda, ishlab chiqarishning siklik tebranishida aks etadi. Gap 
shundaki, pul massasidagi o‗zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy 
parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta‘siri 
bilinadi. Odatda, vaqtincha uzilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu 
narsani bildiradiki, pul massasidagi o‗zgarishlar yalpi ichki mahsulotga 
birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli 


245 
o‗zgarishlarga mo‗ljallangan bo‗lmay, balki uzoq muddatli xarakterga 
ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin