243
XI BOB. MONETARIZM
11.1. Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy qoidalari
1950-1960-yillar davomida keynschilik ta`limotiga
qarshi moneta-
rizm ta‘limoti yuzaga keldi. Uning asosiy
vakillaridan biri Milton Fridmen hisoblanadi.
Uning
ta‘limoti keynschilikka qarama-qarshi
go`yadir. Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada
pul hech qanday rol o`ynamagan
va narxlarning
tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb
etmagan. Keynsning tadqiqotlarida pulni yetkazib
berish va narxlarning shakllanishi o`z
ifodasini
topgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida rivojlangan
davlat g`aznasi va qayta ta`minlash o`rtasidagi
kelishuvlarning birida shu narsaga kelishib olindi,
ya‘ni narxlarni eng
past darajada saqlab turish
uchun har qanday turdagi bondlarni sotib olish. Fridman buni bajarish
uchun har qanday turdagi o`zgarishlarni amalga oshirgan. Monetaristlar
davlatning iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati muhim rol
o`ynashini ta`kidlab o‗tishdi. Shuning uchun
monetaristlarning asosiy
muommosi pul hisoblangan.
50
.
Monetarizm iqtisodiy ta‘limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur
va nufuzli oqim bo‗lib, bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago
universitetining
professori, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sohibi
Milton Fridmen (1912)
o‗z g‗oyadoshlari – monetaristlar bilan birga
pul massasi bilan ishlab chiqarish o‗rtasidagi bog‗liqlikni tadqiq qildilar.
Monetarizm keynschilar ta‘limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan
bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir.
Bozor mexanizmi
ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko‗ra erkinlik va
xususiy tadbirkorlik o‗rtasida ichki bog‗liqlik mavjud. Faqat xo‗jalik
erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka,
iqtisodiy samaradorlikka va
tenglikka erishish mumkin.
50
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company
Boston Toronto. P 440
Dostları ilə paylaş: