238
Jamg‗arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi
daromadning o‗sishiga qarab o‗zgarib turadi.
Investitsiyalar hajmi J.M. Keyns bo‗yicha, kapital qo‗yilmalaridan
keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me‘yorli unumdorligiga va
foiz me‘yoriga bog‗liq bo‗ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va
foiz stavkasi qancha past bo‗lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini
ko‗paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo‗yilmasining
me‘yorli foydaliligi foiz me‘yoridan pasayib ketmaguncha investit-
siyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me‘yori yuqori bo‗lsa,
jamg‗arma egalari o‗z mablag‗larini investitsiyalarga, kapital qo‗yil-
masiga sarflamaydilar. Chunki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib
olish yo‗li bilan ancha oson daromad topishi mumkin.
Investitsiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz
me‘yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda investitsion
faoliyat to‗xtatiladi, turg‗unlik kelib chiqadi. Foiz me‘yori bo‗lajak
investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me‘yori
qancha past bo‗lsa, investitsiya jarayoni shuncha jonli bo‗ladi va
aksincha.
Dostları ilə paylaş: