231
bo‗lmaydi. Agarda ular barcha topgan daromadlarini sarflab yuborsa,
talab barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olishga yetarli bo‗ladi
va jami ishlab chiqarilgan mahsulot va daromad yuqoriligicha qoladi.
Agar kapitalistlar pessimistik xarakterda bo‗lib, o‗z daromadlarini
sarflamasdan, balki jamg‗arsalar, yalpi talab va umumiy ishlab
chiqarilgan mahsulot darajasi past bo‗lib, daromadlar ham kamayib
boradi (foyda normasi bir xil darajada saqlanib qolsada) va ishsizlik
vujudga keladi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki,
daromadlarning foyda va ish haqi darajalari o‗rtasida taqsimlanishi
marjinal samaradorlik bilan emas, balki makroiqtisodiy kuchlar ta‘sirida
aniqlanadi. Ushbu oddiy modeldagi ko‗plab farazlar faoliyatning
makroiqtisodiy darajasi daromadlar taqsimlanishi orqali aniqlanishini
ifodalovchi umumiy iqtisodiy qarashning qonuniy kuchini yo‗qotmagan
holda kelib chiquvchi natijalarni ikki ma‘noli bo‗lib qolishini ko‗rsatib,
o‗zgarib borishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: