O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Yana iqtisodiy o„sish va taklif haqida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Yana iqtisodiy o„sish va taklif haqida 
Yangi klassik nazariya makroiqtisodga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi, 
lekin o‗zining nazariyalari uchun Keyns makroiqsodiy nazariyasidek 
ko‗p isbot yig‗a olmadi. Statistik ma‘lumotlar javob topish uchun yetarli 
emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy sikl muammolariga 
e‘tibor qaratmay qo‗ydilar va o‗sish iqtisodiyotiga ko‗proq e‘tibor qarata 
boshladilar. Bu davr talabi edi, Amerika iqtisodiyoti 1990-yillar 
davomida o‗sib keldi va hech qanday iqtisodiy siklga duch kelmadi.
Iqtisodiy o‗sish tahlili 1950-yillarda Solouning Xarrod-Domar 
modeliga javoban shakllantirlgan o‗sish modelini qayta ko‗rib 
chiqishdan boshlandi. Bu modelga ko‗ra iqtisodiy o‗sishga erishish oson 
emas, agar omad yuz o‗girsa, iqtisodiyot depressiyaga tushib qolishi 
hech gap emas edi. Solou modeli o‗zgarmas kapital/ishchi kuchi nisbati 
farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu modelga ko‗ra 
iqtisodiyot har doim muvozanatli iqtisodiy o‗sish darajasiga qaytadi. 
Iqtisodiyot nomuvozanatlikda emas, balki muvozanatda. Solouning 
44
Michael Woodford (1991)нинг моделида мисоллар берилган and John Bryant (1983)каби иқтисодчиларнинг 
ўйин-назарий моделида келтирилган. 


228 
iqtisodiy o‗sish modeli neoklassik iqtsiodiy o‗sish modeli, deb ham 
atalib, butunlay taklifga e‘tibor qaratdi. Ishlab chiqarish hajmini 
belgilashda talabning ta‘siri yo‗q edi. Yangi klassikchilarga bu yoqar edi 
va nima uchun davlatlarning o‗sish sur‘atlari har xil bo‗lishini 
tushuntirish uchun bu modelni yanada rivojlantirdilar. 
Makroiqtisodning iqtisodiy o‗sishga o‗rg‗u berishi uning tabiatini 
ham o‗zgartirib yubordi. O‗sish modellari taklifga asoslangan modellar 
edi: ularda talabga o‗rin yo‗q edi. Shunday qilib o‗sish modellari e‘tibor 
qozonib, Keyns modellari e‘tibordan chetda qoldi. Bu o‗sish modellari 
o‗rtamiyona va keyinchalik ommabop kitoblarga kiritilgan sari 
makroiqtisodda Keyns nazariyasining roli tushib bordi, uning o‗rniga 
zamonaviy makroiqtisodiyot fanida pulning miqdoriy nazariyasi va 
o‗sish nazariyalariga ko‗proq e‘tibor qilina boshlandi. Klassik o‗sish 
nazariyasi keyinchalik iqtisodiy o‗sishning endogen nazariyasi bilan 
to‗ldirildi. Iqtisodiy o‗sishning endogen nazariyasida texnologik 
o‗zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen, ya‘ni modeldan 
kelib chiqadi, deb qabul qilinadi. U fan-texnika taraqqiyotiga sarflangan 
investitsiyalarning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinadi. Iqtisodiy 
o‗sishning endogen nazariyasida samaradorlikning o‗sib borishi 
Me‘yoriy unumdorlikning pasayib borishidan tezroq amalga oshadi va 
buning natijasi o‗laroq doimiy iqtisodiy o‗sishni va hech qachon 
turg‗unlikka tushmaslikni kuzatishimiz mumkin. Shunday qilib, bu 
model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizga emas, yana optimizmga 
qaytardi. 
Iqtisodiy o‗sishga e‘tibor Keyns makroiqtisodiy nazariyasini 
chetga surib qo‗ydi. Keynscha modellar ishlatilar, lekin multiplikator va 
talab siyosatining ahamiyati tushib borar edi. Inflyatsiyaga qarshi 
kurashda monetar siyosat ishlatilar, fiskal siyosat esa amaliy jihatdan 
noqulay, amalda siyosat taklif tarafiga beriladigan imtiyozlarga 
qaratilgan edi. 
Ammo Solou iqtisodiy o‗sish modelida ham ayrim muammolar 
mavjud bo‗lib, u statistik faktlarga to‗liq to‗g‗ri kelmas edi. Modelga 
ikki o‗zgartirish kiritish orqali bu muammolarni hal qilish mumkin: bu 
model muvofiqlashtirildi va o‗rniga texnologiyaga asoslangan va Smit 
nazariyasiga borib taqaladigan yangi o‗sish nazariyasi yuzaga keldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin