O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Muhokama uchun savollar 
1. Marshall juda ham e‘tiborsiz, chunki u har doim ―O‗ylab ko‗rish 
kerak‖ deydi. Siz nima deb oylaysiz shu to‗g‗rimi? 
2. Nima uchun Marshall siyosiy iqtisod o‗rniga iqtisod (economics) 
terminini ishlatdi? 
3. Ko‗pgina zamonaviy iqtisodchilar inson xohishlarini iqtisodga 
oid masala emas, deb o‗ylaydilar, Marshall bunga qanday qaraydi? 
4. Marshall o‗zining butun hayotini qaysi matematik ilovani 
realistik shaklda taqdim etish uchun berishga tayyor edi? 
5. Marshallning iste‘molchi ortiqcha nafliligi nazariyasining ikki 
kamchiligi nimadan iborat edi? 
6. Marshallcha va Valrascha talab va taklif egri chiziqlarini chizing. 
33
Knut Wicksell, 
Lectures on Political Economy
, trans. E. Classen, ed. with an introduction by Lionel Robbins 
(New York: Macmillan, 1934), pp. 72-83. 


216 
X BOB. KEYNS VA KEYNSCHILIK TA‟LIMOTI 
10.1. Keyns makroiqtisodiyoti 
Keynschilik iqtisodiyoti atamasi o‗z davrida 
muhim 
iqtisodchi 
olimlardan 
biri 
bo‗lmish 
J.N.Keynsning otasi Jon Meynard Keyns nomi bilan 
bog‗liq. O‗g‗ilning tezlik bilan erishgan yutuqlari 
otasining erishgan yutuqlaridan kam bo‗lmadi, 
albatta. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganish 
J.M.Keynsning hayoti ko‗p tomonlama J.S.Mill 
hayotiga o‗xshab ketganligidan dalolat beradi. Bu 
har ikkala iqtisodchining otalari ham o‗z davrining bilimli iqtisodchi 
olimlari bilan zamondosh bo‗lishgan: Jeyms Mill David Rikardoning, 
J.N.Keyns esa Alfred Marshallning do‗stlari sanalgan. Ikkala iqtisodchi 
Mill va Keyns o‗z otalari iqtisodiyotining siyosiy tub ma‘nosini rad 
etishgan va yangi yo‗nalishlarni keltirib o‗tganlar. Ammo shu yerga 
kelganda o‗xshashliklar tugallanadi, J.S.Mill o‗z otasi va Rikardo 
qarashlarining nazariy asoslari bilan to‗liq munosabatda bo‗la 
olmaganligi sababli oxir-oqibat klassik va neoklassik nazariyalar 
o‗rtasida o‗zaro murosa yo‗lini tanladi. Keyns o‗tmishdagi qarashlariga, 
ya‘ni Rikardo, J.S.Mill va Marshall tomonidan murakkab izohlar bilan 
qoldirilgan davlatning aralashmaslik siyosati an‘analari bilan boyitilgan 
g‗oyalariga qarshi chiqdi. Keyns Marshallning asosiy qisqacha tenglik 
tahlili bilan tanishib chiqqan bo‗lishiga qaramasdan, u iqtisodiy hamda 
siyosiy nazariyalarga anchagina ta‘sir eta olgan umumiy iqtisodiyotni 
shakllantirishda zamonaviy sanaluvchi siyosiy tuzilmalarni ishlab 
chiqdi. Keyns iqtisodiy bilimlari 20-asr iqtisodchisining sayoz 
bilimlariga hech mos kelmas edi. Ba‘zi joylarda u iqtisodiy nazariyani 
o‗rganish uchun kam vaqt sarflagani va o‗z manfaatlarini ancha keng 
yoyganligi uchun tanqidga uchragan. Kembrij universiteti talabasi 
sifatida u o‗z keng qamrovli ishtiyoqini namoyon etdi; shundan kelib 
chiqib, u havaskor sifatida tan olindi. Ta‘limi nihoyasiga yetgach, 
Kembrijga qaytguncha yana ikki yil mobaynida Britaniya hukumatining 
Hindiston ofisiga fuqarolarga xizmat ko‗rsatuvchi xodim sifatida ishga 
qabul qilindi. U akademik darajasiga erisha olmadi. Uning iqtisodiy 
siyosatga bo‗lgan cheksiz qiziqishlari umri mobaynida ko‗plab hukumat 
J.M.Keyns 


217 
tashkilotlarida ish olib borishiga imkon yaratib berdi. U Qirollik 
kollejida xazinabon sifatida hamda o‗z shaxsiy hayotida biznes 
masalalari bo‗yicha faol ishtirokchi bo‗ldi va uning biznesga bo‗lgan 
qobiliyati 1920-yillarda bankrotlik holatiga yaqin kelgan paytidagi sof 
boylik darajasi 1946-yil umrining oxirlarida 2 million dollarga ortganligi 
bilan izohlanadi. Keynsning teatr sohasi, adabiyot va baletga qiziqishi 
yuqori bo‗lgan u balerinaga uylangan. Keyns Kliv Bel, Ye.M.Forster, 
Lyutton Strachey va Virginiya Volf singari taniqli shaxslarni o‗z ichiga 
olgan Blumberri guruhi, deb nom qozongan London intellektuallari 
guruhiga a‘zo bo‗lgan. Uning ajoyib qobiliyati unga bitiruvchi sifatida 
matematika sohasining bilimdoni bo‗lishida, ehtimollar narariyasi 
to‗g‗risida kitob yaratishida, e
ssays in Persuasion 
and e
ssays in 
Biography (
Biografiya va e‟tiqodga oid ocherklarlar)
nomli ikki 
kitobiga jamlangan e
conomic Consequyences of the Peace (
Tinchlikning 
iqtisodiy natijalari)
hamda ocherklari kabi adabiy durdonalaridan o‗rin 
olgan qudratli hamda ta‘sirchan nasr ijodkori bo‗lib yetishishida 
ko‗makdosh bo‗ldi.
Keynsning muhim iqtisodchi bo‗lib yetishishida uning siyosat 
tomon yo‗nalgan ishlari asosiy o‗rinni egalladi. U Britaniya g‗azna 
bo‗limining vakili sifatida Versal tinchlik shartnomasida ishtirok etdi, 
ammo 1919-yilga kelib, u o‗z vakolatidan ozod etildi. U 1919-yilda 
nashrdan chiqqan o‗zining e
conomic Consequyences of the Peace 
(
Tinchlikninig iqtisodiy natijalari)
nomli asarida shartnoma shartlariga 
tanqid ko‗zi bilan qaraganligi tufayli xalqaro miqyosda olqishlarga 
sabab bo‗lgan. 1940-yil u 
How to Pay for the War (
Urushga qancha 
mablag„ to„lanadi)
nomli asarini yozdi va 1943-yil 2-jahon urushidan 
keyingi ta‘sir doirasiga ega bo‗lgan xalqaro monetar hukumat uchun 
Keyns Rejasi nomli takliflarini keltirib o‗tdi. Bretton Vuds 
shartnomasini imzolashda Britaniya delegatsiyasining boshlig‗i sifatida 
Xalqaro valyuta fondi hamda Jahon banki kabi tashkilotlarning 
shakllanishida jonbozlik ko‗rsatdi. Ammo uning siyosat hamda 
nazariyaga qo‗shgan eng muhim hissalari zamonaviy makroiqtisodiyotni 
yaratishga 
va 
endilikda 
shakllanib 
kelayotgan 
bir 
necha 
makroiqtisodiyot asoslarini o‗rganishga xizmat qiluvchi 
The General 
Theory (
Umumiylik nazariyasi)
(1936) nomli kitobida o‗z aksini topgan. 
Pol Samuyelson keynschilik davri iqtisodiyotiga o‗z e‘tiborini qaratib, 
uning muhimligini anglaydi va quyidagilarni keltirib o‗tadi: 
―Umumiylik nazariyasi Janubiy dengiz orolida yashaydigan bir-biridan 
ajralgan qabila a‘zolariga hujum qiluvchi va xarob etuvchi kasallikning 


218 
kutilmagan xavfli belgilari ko‗pchilik iqtisodchilarning 35 yoshdan 
pastkilarida uchrashini nazarda tutadi.
34

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin