Iqtisodiy sikllar.
K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy sikllar
nazariyasini yaratgan emas. Uningcha, inqirozlar – bu «kapitalizmning
asosiy ziddiyatlarining» namoyon bo‗lishidir. Xo‗jalikdagi anarxiya
ishlab chiqarish strukturasi bilan iste‘mol strukturasi doimo mos
kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojlanishning siklli xarakterda bo‗lishi,
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi kapitalistik
iqtisodiyotga xos xislatdir. Markscha iqtisodiy sikllar nazariyasi uning
kapital jamg‗arilishi tahlili asosida ko‗rilgan. Siklli jarayon K.Marks
bo‗yicha, yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo‗lgan
talab (jamg‗arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik
tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi ish haqining
oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va jamg‗arish
sekinlashadi. Kapital jamg‗arilishi me‘yorining pasayishi yalpi talabning
kamayishiga va shunga muvofiq bozor konyunkturasining pasayishiga
olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi,
167
ishsizlik esa qaytadan ko‗payadi va u ish haqining pasayishini keltirib
chiqaradi. Bu hol ishlab chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi,
jamg‗arishni qaytadan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir
vaqtning o‗zida ham buzadi, ham tuzatadi. Inqirozlar «hamma vaqt
mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo‗rma-zo‗raki hal qilinishidan,
zo‗rma-zo‗raki portlashlardan iborat bo‗lib, ular buzilgan muvozanatni
bir lahzada tiklaydi». Inqiroz siklni tugallaydi va yangi navbatdagi sikl
boshlanadi. Bu sikl davri mobaynida innovatsiya va yangi ish joylarini
tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg‗arish
jarayonida foyda me‘yorining pasayish tendensiyasi va kapital
qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining ko‗payishi va ish
haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat
yuzaga kelguncha davom etadi.
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofiq
tovarlar taklifi avtomatik tarzda o‗ziga talabni keltirib chiqaradi,
boshqacha aytganda, tovarlarni sotishdan tushgan daromad ularni
sotib olish uchun xarajatga aylanadi. K Marks tovarlarni sotish (T-P)
va sotib olish (P-T) aktlari makon va zamonda mos tushmasligini
ko‗rsatib berdi (tovar qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik
bilan sotib olishga majbur emas, chunki uning o‗zi nimanidir sotgan».
Demak, yalpi xarajatlar yalpi daromadlardan kam bo‗lganda ortiqcha
ishlab chiqarish inqirozi mumkinligi kelib chiqadi, ya‘ni siklli
rivojlanishga olib keladi.
K.Marksning ko‗rsatib berishicha, iqtisodiy sikllarning moddiy
asosi kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi
hisoblanadi (har 5-10 yilda). Bunda texnika taraqqiyoti asosiy
kapitalning ma‘naviy eskirishi natijasida yangilanib turish muddatini
qisqartirishi mumkin. Texnik kashfiyotlar va innovatsiyalar davriyli-
gining xo‗jalik jarayoniga bo‗lgan ta‘siri tahlili sikllar nazariyasining
keyingi rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.
Iqtisodiy determinizm.
K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning
ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi bilan
bevosita bog‗liq. Keyingisining shakllanishi jarayonida u uch asosiy
ilmiy manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy iqtisodiga,
168
Gegel-Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va fransuz utopik
sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish sxemasida
markaziy o‗rinda iqtisodiy determinizm («tarixning materialistik
tushunchasi») turadi. K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va uning tarixiga
tatbiq etilgan determinizmning asosiy qoidalarini «Siyosiy iqtisod
tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to‗liq ifodalab beradi:
«Kishilar o‗z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarishda
muayyan, zarur o‗zlarining irodalariga bog‗liq bo‗lmagan munosabat-
larda ishlab chiqarish munosabatlarida bo‗ladilar, bu munosabatlar
ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotining muayyan
bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish munosabatlarining
yig‗indisi jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini, real bazisini tashkil etadi,
yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga quriladi hamda ijtimoiy
ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq keladi. Moddiy hayotni
ishlab chiqarish usuli umuman hayotning ijtimoiy, siyosiy va ruhiy
jarayonlariga sababchi bo‗ladi. Kishilarning ongi ularning borlig‗ini
belgilamaydi, balki aksincha, ularning ijtimoiy borlig‗i ularning ongini
belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari o‗z
taraqqiyotining
ma‘lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish
munosabatlariga yoki buning yuridik ifodasigina bo‗lgan – mulkchilik
munosabatlariga zid bo‗lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur
munosabatlar bag‗rida rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab
chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish shakllaridan ularning kishaniga
aylanadi. Ana shu vaqtda ijtimoiy inqilob davri boshlanadi. Iqtisodiy
asos o‗zgarishi bilan butun bir g‗oyat katta ustqurmada ham ozmi-
ko‗pmi tezlik bilan tub o‗zgarish yuz beradi… Ayrim odam haqida
uning o‗zi to‗g‗risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin
bo‗lmagani singari bunday o‗zgarish davri to‗g‗risida ham shu davrning
ongiga qarab hukm chiqarish mumkin emas. Aksincha, bu ongning
sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasida bo‗ladigan
ixtiloflardan topmoq kerak… Burjua ishlab chiqarish munosabatlari
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining so‗nggi antagonistik shakli
hisoblanadi,… lekin burjua jamiyatining bag‗rida rivojlanayotgan ishlab
169
chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu antagonizmni yechish uchun
moddiy sharoit yaratadi».
Demak, K.Marksning nazariy konsepsiyasida ishlab chiqarish
shakli o‗zining maxsus xususiyatiga, o‗zining ichki mantig‗iga ega.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari yig‗indisi jamiyatning moddiy bazasini
tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, ideologiya, siyosat, din va
boshqalar bog‗liq bo‗ladi. Huquq, siyosat, din bazis tomonidan
boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig‗indisi jamiyatning
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab
chiqaruvchi kuchlarining muhim elementi, deb K.Marks ishlab chiqarish
vositalarini, eng avvalo, mehnat qurollarini, mashina va asbob-
uskunalarni hisoblagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining
rivojlanishi (ya‘ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o‗sish) ishlab
chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning)
takomillashuvini taqozo etadi. U o‗z navbatida, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishiga faol aks ta‘sir ko‗rsatadi, iqtisodiy o‗sishiga
imkon berishi yoki to‗sqinlik qilishi mumkin. Ijtimoiy organizmning
ikki tomoni o‗rtasidagi o‗zaro aloqa juda murakkab, ko‗p qirrali va
ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi.
Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasidagi hamda ideologik
va siyosiy ustqurma bilan bazis o‗rtasidagi muvofiqlik tamoyilini
ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilining amal qilishi iqtisodiy
o‗sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining iqtisodiy
o‗sishiga to‗sqinlik qilishi esa bunday tamoyilning buzilganligini
bildiradi. Shu bois K.Marks fikricha, ular ijtimoiy taraqqiyot
dialektikasiga muvofiq o‗z o‗rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish
munosabatlariga bo‗shatib berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |