O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

ishlab chiqarish bahosi
» bilan sotiladi.
«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o‗rtacha 
foydani o‗z ichiga oladigan bahodir». 
Renta nazariyasi. 
K.Marks renta to‗g‗risida nazariya yaratdi. 
Uningcha, renta yerga bo‗lgan mulkchilikni amalga oshirish shaklidir. 
Yer maydoni cheklanganligi, uning yer egalari qo‗lida bo‗lganligi 
sababli qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o‗rtacha 


164 
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon 
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan 
yaxshi yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi 
o‗rtasidagi farq differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial 
rentani tahlil qilib, bu renta ayrim yer maydonlarining hosildorligi bir-
biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq 
qilganda hosil bo‗lishini ko‗rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda – 
differensial renta I va differensial renta II shaklida mavjud bo‗ladi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi 
mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o‗rtacha 
yerdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o‗rtasidagi 
tafovut differensial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga 
qo‗shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni 
tashkil etadi. 
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal 
qilishini ko‗rsatib beradi. U absolyut rentaning paydo bo‗lishini qishloq 
xo‗jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‗lishi bilan va yerga 
bo‗lgan xususiy mulkchilik bilan bog‗lab tushuntiradi. Birinchi omil 
tufayli, uning fikricha, qishloq xo‗jaligi mahsuloti qimmati uning 
«ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‗ladi, ikkinchi omil ta‘sir 
kuchiga ko‗ra esa, foyda me‘yorini o‗rtacha darajaga keltiruvchi 
«kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo‗jaligida amal qilishi mumkin 
emas. Binobarin, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining o‗z ishlab chiqarish 
baholaridan (qo‗shimcha qiymatning o‗rtacha foydadan) ortiqchasi 
kapitalistlar o‗rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi), balki 
dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absolyut renta shaklida 
o‗zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolyut renta 
nazariyasi uning qo‗shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida, 
qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan 
sharoitda hech qanday kuchga ega emas. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi.
F.Kenening «Iqtisodiy 
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks o‗zining takror ishlab chiqarish 
sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni 
daromadlarga bo‗lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) 
ko‗rsatgan bo‗lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga 
bo‗linadi: doimiy kapitalga (k) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, 
xomashyo, yoqilg‗i va boshqalar qiymati), o‗zgaruvchi kapitalga (v) – 
ishchi kuchini sotib olishga bo‗lgan sarflar va qo‗shimcha qiymatga (m). 


165 
Takror ishlab chiqarish muammosini hal qilishda K.Marks 
iqtisodiyotni ikki bo‗linmaga bo‗ladi. I bo‗linma ishlab chiqarish 
vositalarini ishlab chiqarish, II bo‗linma iste‘mol buyumlarini ishlab 
chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
o‗rtasidagi farqni ko‗rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» 
o‗zgarmas bo‗lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab 
chiqarish bir xil hajmda, o‗zgarmas bo‗lib qolishi uchun qanday shartlar 
bo‗lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko‗rsatib 
beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‗linmaning barcha mahsuloti 
har ikkala bo‗linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I 
(k+v+m) = Ik+IIk. Shu bilan birga, II bo‗linma mahsuloti ish haqi fondi 
plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga teng 
(ekvivalent) bo‗lishi kerak: II (k+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala 
tenglamadan natijada I (v+m) = IIk kelib chiqadi, ya‘ni I bo‗linmaning 
sof mahsuloti II bo‗linmada yil davomida iste‘mol qilinggan kapitalni 
qoplash uchun zarur bo‗lgan talab miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Agar I 
(v+m)>IIk bo‗lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga bo‗lgan investitsiya 
sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib ketadi, ya‘ni sof 
investitsiya ijobiy bo‗ladi. Lekin amortizatsiya jamg‗armalari iste‘mol 
qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning 
pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta 
makroiqtisodiy o‗zaro bog‗liqlik borligini tasdiqlaydi. 
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil 
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-
tarixidagi iqtisodiy o‗sishning birinchi matematik modeli, deb hisoblash 
mumkin. Lekin uning kamchiliklari ham bo‘lib xususan, «kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlari 
aniq ko‗rsatib berilmagan. Bundan tashqari u sur‘at o‗zgarmagan 
iqtisodiy o‗sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o‗sish Q (mahsulot 
miqdori) da hech qanday o‗zgarish bo‗lishini taqozo etmaydi. K.Marks 
ko‗rsatib bergan iqtisodiy o‗sishning zarur bo‗lgan shartlari: I 
bo‗linmaning milliy daromadi ushbu bo‗linmadagi ishchi va 
tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo‗linmadan sotib 
olinadigan iste‘mol buyumlaridan ko‗p bo‗lishi kerak – milliy 
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya‘ni 
I(v+m)>IIk. Shunday qilib, I bo‗linmaning mahsuloti yil boshidagi har 
ikkala bo‗linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo‗lgan talabidan
ko‗p bo‗lishi kerak, ya‘ni I(k+v+m)>Ik+IIk. Shunga muvofiq 


166 
jamiyatning barcha milliy daromadi iste‘molga sarflanmaydi, ya‘ni 
I(v+m)+II(v+m)>II(k+v+m). 
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga 
oydinlik kiritishda qo‗llanishi mumkin. Lekin u shu qadar 
cheklanishlarga 
asoslanganki, 
bu 
undagi 
barcha 
dalillarni 
kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «Me‘yorli 
bahoda» sotiladi; har ikkala bo‗linmada kapital aylanish tezligi bir xil; 
faqat kapitalistlar jamg‗aradi; texnika taraqqiyoti yo‗q; real ish haqi 
doimiy; bir ishchiga bo‗lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan 
tashqari ikki bo‗linmadan iborat bo‗lgan model o‗zgaruvchan real 
iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital 
buyumlarni ham, iste‘mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi 
ko‗pchilik tarmoqlar – masalan, toshko‗mir qazib olish, transport, kimyo 
– u yoki bu kategoriya tushunchasiga to‗liq kirmaydi. Buning ustiga 
bunday tarmoqlar ichida kapital va iste‘mol buyumlarini kategoriyalarga 
bo‗lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o‗zgarishga qarab o‗zgarib 
turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha 
shartlari deyarli o‗z kuchini yo‗qotadi. Shunday bo‗lsada, tenglama 
K.Marks tizimida alohida o‗rin tutadi. U iqtisodiy o‗sish bir tekisda 
borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo‗lishi to‗g‗risida 
fikr yuritishga imkon beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin