7.4. F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari
P.J. Prudon va K. Rodbertuslarning iqtisodiy g„oyalari
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir – shu va shunga
o‗xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya
jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari
tarixdan bo‗lak yana nima milliy bo‗lishi mumkin, degan fikrlarga
asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‗rnini ko‗rsatishga harakat
qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy
xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‗liq holda rivojlanadigan milliy
xo‗jalikni o‗rganishni o‗z oldilariga maqsad qilib qo‗ydilar.
Fridrix List (1789-1846-y.y.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen
shahrida boy hunarmand oilasida tug‗ildi. U o‗qishni 15 yoshida tugatib,
hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo‗lib ikki yil ishladi.
Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir
vaqtning o‗zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo‗yicha
tugatdi. 1817-yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti
kafedrasi professori bo‗lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‗nalishdagi
taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat‘iy
tarafdori sifatida tanildi. U 1847-yil Bryussel shahrida bo‗lib o‗tgan
iqtisodchilar kongressida o‗zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy
yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‗pchilikning e‘tiborini
o‗ziga qaratdi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta‘minlash
maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a‘zosi bo‗lib, o‗zining
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi.
Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab
bo‗ldi. Natijada u 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy
yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‗ullandi, keyinchalik
nemis gazetalarining muharriri bo‗ldi hamda sanoat sohasida
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat
qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini
148
chuqur o‗rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni
tayyorladi.
1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQShning Leypsigdagi
elchisi bo‗lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‗lini
qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‗lib hissadorlik uyushmasini
tashkil etdi. F.List o‗zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so‗ng
Parijda uch yil yashadi. U o‗zining bor kuchini, idroki va iqtidorini
iqtisodiy muammolarni keng o‗rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi
manfaatlarining ifodachisi bo‗lgan F.List iqtisodiy birlik uchun
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‗zining «Siyosiy iqtisodning
milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni
yaratish vazifasini o‗rtaga qo‗ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi
kuchlari to‗g‗risidagi ta‘limot unga asos bo‗lishi kerak edi. F.List
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma‘naviyatni va shu kabilarni
ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‗shdi.
F.Listning ta‘limotiga ko‗ra qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar,
«millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‗lib qolishi, huquq, sud, armiya,
polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta‘limotida xo‗jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari
to‗g‗risidagi g‗oyalar katta o‗rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta
bosqichga: ba‘daviylik, cho‗ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo‗ladi.
Bunday bo‗lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o‗sishini
har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan, qishloq
xo‗jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan
iborat edi.
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy
rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg‗in tortishuvlarda alohida
o‗rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta‘sir ko‗rsatdi. F.List
o‗zining g‗oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi
sanoat taraqqiyoti orqali bo‗lishi mumkinligini va shuning uchun uni
chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‗rsatadi. Ushbu asar
o‗z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‗in qabul qilinib, katta
qiziqish bilan o‗qildi.
Germaniyaga qaytgandan so‗ng olim Augsburg shahrida yashab,
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik,
shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining
dastlabki himoyachilariga yo‗l ochib berdi. List urushlar va
bosqinchilikning tarafdori bo‗lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-
149
sanoat holatiga o‗tishga ko‗maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U
Janubiy-sharqiy Yevropadagi bo‗sh yerlarni Germaniya bosib olishi
zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so‗nggi yillarida Angliyaga
bo‗lgan o‗z munosabatini o‗zgartiradi, chunki u doim Angliyani
Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi, deb hisoblardi.
Endi uning fikricha, Angliya Germaniyani qit‘a qo‗shnisi hisoblangan
Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‗llashi mumkin edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik
namoyandasi bo‗lgan A.Smit iqtisodiy qarashlarini tanqid qildi, lekin u
klassik maktabning asosi bo‗lgan qiymat va daromadlar nazariyasini
mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni
qiziqtirmadi. Asosiy e‘tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga va
ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy
sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo‗jalik
rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‗rmasdan, barchasiga umumiy
«tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda,
deydi. «Turli millatlar, – deb yozadi List turli bosqichda bo‗ladilar.
Bunday sharoitda ular o‗rtasidagi to‗liq erkin savdo ayirboshlash
qiymati nuqtayi nazaridan jahon xo‗jaligi uchun ma‘lum mavhum
foydani keltirishi mumkin bo‗ladi». Lekin bu holat qolgan mamlakatlar
ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to‗sqinlik qiladi. U o‗z konsepsiyasini
ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi, deb yuritib, Smitning ayirboshlash
qiymati nazariyasiga qarshi qo‗yadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab
chiqarish kuchlari, deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini
tushunadi va ularsiz millat boyligi bo‗lmaydi, deb yozadi. Shuningdek, u
faqatgina qishloq xo‗jaligi bilan shug‗ullanadigan millat bir qo‗l bilan
mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish
unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga
oshirishni o‗rtaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab
chiqarishni chet el raqobatidan to o‗zini tiklab olguncha va teng
raqobatdosh bo‗lguncha himoya qilishi kerak, deyiladi. Erkin savdoni
amalga oshirishni esa u keyinroq, ya‘ni hamma millatlar bir xil
rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi
davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo‗lib,
hayotda o‗z o‗rnini topmoqda. Masalan, millatning boy, qudratli bo‗lib
borishi uning qanchalik ko‗p sanoat mahsulotini eksport qilishi va kam
mahsulotni import qilishi bilan belgilanadi. Bu o‗rinda Yaponiya
tajribasini ko‗rsatishimiz kifoya. Bu davlat so‗nggi yillarda tez iqtisodiy
150
rivojlanish hisobiga, ya‘ni tashqi savdoni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yganligi
uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o‗ringa chiqib oldi.
Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masalalardan hisoblangan
kapitalizm taraqqiyoti doirasida o‗z tarixi va xo‗jaligining xususiyatiga
ko‗ra jahon hamjamiyatining so‗nggi
qatorlaridan o‗rin olgan mamlakatlarning
iqtisodiy
qoloqligini
bartaraf
etish
yo‗lidagi dastlabki urinish edi. Hozirgi
davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun
harakat qilayotgan yosh, rivojlanayotgan
mamlakatlarning List ta‘limotiga katta
e‘tibor berayotgan-liklari tabiiy holdir.
Chunki ularning oldi-da jahon bozorida hukmronlik qilayotgan
rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o‗z sanoatlarini
himoya qilish vazifasi turibdi.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini
ilmiy-iqtisodiy adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX
asrning 40-60-yillarini o‗z ichiga olib, «Eski tarixiy maktab» yoki
oddiygina «Tarixiy maktab» davri, deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va
B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX
asrning 70-90-yillariga to‗g‗ri kelib, «Yangi tarixiy maktab» davri, deb
nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir.
Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib, «Eng yangi
tarixiy maktab» davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‗nalish» nomini oldi.
V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar.
Dostları ilə paylaş: |