Shu jumladan oliy navli
mahsulotlar
2831
3459
3663
+832
+204
Oliy navli mahsulotlarning
umumiy mahsulotlar
hajmiga nisbatan salmog’i,
foizda
20,2
24,4
25,2
+5
+0,8
Mahsulotning sifatiga uni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va
materiallarning sifati, belgilangan texnologik jarayonga aniq rioya etilishi,
ishchilarning malakasi, mahsulot sifatini yaxshilaganlik uchun moddiy
rag’batlantirish, tayyor mahsulotlarni saqlash, tashish va boshqalar ta’sir qiladi.
Mahsulotning tannarxi kichik korxonalar ishining tejam-liligini
ta’riflovchi eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Mahsulot tannarxining
pasayishi korxona rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlar,
ishlar va xizmatlarning tannarxi deganda bevosita mahsulotlarni tayyorlash va
ishlarni bajarish, ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash va uni
takomillashtirish jarayonida foydalaniladigan resurslarning barcha turlari:
asosiy fondlar, tabiiy xomashyo va sanoat xomashyosi, materiallar,
yonilg’i va energiya, mehnatning pul shaklida aks ettirilgan xarajatlari
tushuniladi.
Mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlarning tarkibi, ularni moddalar
bo’yicha tasniflash davlat standarti tomonidan, kalkulyasiyalash usullari esa
korxona tomonidan belgilanadi. Mahsulotning tannarxi korxonaning ishlab
chiqarish va muomala xarajatlaridan iborat bo’ladi, xarajatlar va daromadlarni
tenglashtirish, ya’ni o’z xarajatlarini o’zi qoplashi bozor mexanizmining
asosiy xususiyatlaridan biridir.
Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning
sotilishi korxona faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlashga imkon beradi.
Hisobot davrida xaridorlarga ortib jo’natilmagan mahsulotning qiymati va firma
ichidagi aylanma sotish hajmiga kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: