jarayonlar, asosan, korxonalar orqali bank o’z faoliyatini olib borganligi bilan
xarakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk
egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog’liq operasiyalarni bajarishga o’z
mablag’larini safarbar etib boradi.
Tadbirkorlarning banklar bilan bo’ladigan operasiyalarida ko’pgina erkinliklar
berilganligi shunda namoyon bo’ladiki, xususiy tadbirkor o’z jamg’armasini
O’zbekistonning turli banklaridagi o’z hisob schyotida saqlash, kredit va kassa
operasiyalarini bajarish huquqiga ega. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi
munosabatlarda amal qilayotgan qonun va shartnomalarga asosan pul o’tkazish
yo’li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul
mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega hujjatlarni
saqlashni kafolatlab beradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar bilan bo’ladigan
operasiyalarda pul egasi tomonidan topshiriq qog’ozi bankka kelib tushishi bilan
12-13 soat davomida keyingi operasiyalarni bajarishi zarur.
Mulk egalari hisobiga pul o’tkazish shaharda 4 ish kunida, viloyatda 5 ish
kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bu qonun shartlari
buzilsa, mijozga yillik foiz miqdorida bank jarima to’laydi. Bank mijozlarning
arizasiga binoan ularga tegishli operasiyalarni bajaradi.
Banklar tadbirkorlarni
Respublika Markaziy banki tomonidan kiritilgan o’zgarishlar, qoidalar ayniqsa,
hisoblar bo’yicha naqd pulsiz tarzdagi operasiyalar bo’yicha o’zgarishlardan
xabardor qiladi. Bank mijozga kechikib o’tkazgan operasiyalari uchun, pulni
noto’g’ri jo’natganligi uchun, aybdor sifatida, har bir kun uchun o’tkazilayotgan
summaning 3 foizi mikdorida jarima to’laydi. Bankning aybi bilan hisob hujjatlari
yo’qolsa, mijozga hujjatda ko’rsatilgan summaning har bir kuni uchun 3 foiz
miqdorida jarima to’lanadi.
Tadbirkorlar bilan bank o’rtasida kredit berish bo’yicha
operasiyalar ikki
tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operasiyalarni
muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini chuqur o’rganib, unga rioya
etishi lozim.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati
valyuta operasiyalari bilan bog’liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij valyutasida
operasiyalarni bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ayniqsa,
tashqi savdo jarayonlari
bevosita valyuta operasiyalari bilan bog’liq.
Valyuta operasiyalari valyuta kursi bo’yicha ikki tomon valyutasi nisbati
solishtirilgan holda amalga oshiriladi. Xalqaro maydonda AQSh dollari valyuta
kotirovkasida baza sifatida qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi, kurs
bo’yicha, AKSh dollariga qiyoslab boriladi. Dollar kursi abadiy bo’lmay, u ham
o’zgarib turadi. Bu o’zgarish har kuni ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun
banklar kursni bank faoliyat boshlash yoki yopilish vaqtidagi kurslar bo’yicha
hisob-kitob ishlari olib boradi. Valyuta kursining o’zgarib borishi haqida har xafta
matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatida
muhim ahamiyatga ega. Valyuta operasiyalarida asosiy o’rinni kredit, qimmatli
qog’ozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va sotish kabilar egallaydi.
Xo’jalik yuritish jarayonida xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob schyotiga
ega bo’lish
huquqini olib, erkin tarzda valyutani sotib olishlari ham mumkin.
Tadbirkorlar ham, xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishi uchun
valyutani erkin sotib olish huquqiga ega.
Umuman, bozor iqtisodiyoti jahondagi rivojlangan mamlakatlarning
muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakatlanishi uchun huquqiy
imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq
faoliyatlaridan
samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya
xarid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida xizmat sifatini
oshirish, ishlab chiqarish sohasida sifatli tovarlar ishlab chiqarib, uni sotishdan
katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: