Banklarning kredit portfeli – tijorat banklari tomonidan berilgan
kreditlarning umumiy jamlanmasi bo’lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi;
b) standart; v) substandart; g) shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklarining ma’lum
sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul mablag’lari majmuasi (qoldig’i).
Bandlik – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan
mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog’liq va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
Bank likvidliligi – banklar majburiyatlarini o’z vaqtida qaytara olish
qobiliyati yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga
aylanish qobiliyatidir.
Bond – bojxona boji to’lanmagan tovar.
Bord – molning sotuvchi hisobidan kemaga yetkazib berilish sharti.
Bonus – xizmat uchun mukofotlash, rag’batlantirish. Tovar bozorida
bonusning miqdori sotilgan yoki xarid qilingan tovarning qiymatiga, undan
olinadigan foizga, tovarning bozorda tez sotilishiga, sotilish yo’liga, iqtidorli
komissionerlar o’rtasidagi raqobat darajasiga bog’liq.
Broker – sotuvchi va oluvchi o’rtasidaga vositachi; mijozlarning topshirig’i
bilan va ular hisobiga ishlaydigan hamda vositachilik ishi uchun o’z komission
haqini oluvchi shaxs.
Buyurtma – xaridorning (buyurtmachining) sotuvchiga jo’natadigan hujjati
bo’lib, unda molni xarid qilishga qat’iy qaror qilinganligi ifodalanadi.
Valvasiya – chet el tangasi qiymatini davlat pul birligida baholash.
Valyuta – biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va pul birligi.
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida
ifodalanishi. Valyuta kursining o’rnatilishi kotirovka deyiladi.
Veksel – qonun tomonidan qat’iy belgilangan, qarzni ifodalovchi yozma
majburiyat bo’lib, veksel oluvchi uni egasiga topshiradi.