ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta to’lovlari, so’m;
A - asosiy vositalar amortizasiyasi, so’m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo’yicha
haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab
chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha
moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga erishilganini
aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Rejadagi tannarx
korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar
salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo’lgan
xarajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx
moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida xisoblanadi.
Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini haqiqatda
sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Haqiqiy tannarx
rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi tannarxdan yuqori bo’lsa,
ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past bo’lsa, kapital,
mehnat va
moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijalarini aks ettiradi. Mahsulot
tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq
xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan
bog’liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlariga
hisobiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muximdir.
Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan,
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo’yicha to’g’ri
taqsimlash muximdir.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab iqarish xarajatlari xarajat
Dostları ilə paylaş: