21
masalani yechish uslubi va algoritmining bir nechta variantlari bo‗lishi
mumkin va
keraklisi tanlab olinadi.
Murakkab masalaning algoritmini yaratishda qadamma-qadam oydinlashtirish
uslubidan foydalangan ma'qul, har bir qadamda algoritmning tarkibi sodda va
tushunarli bo‗lib qolishiga erishmoq kerak.
Masalani
algoritmlash jarayonida, algoritmning ba'zi bo‗laklarini, lavhalarini,
mantiqan alohida qismlarini ifodalashda tipik algoritmlar va amaliyotda tekshirilgan
algoritmlardan iloji boricha ko‗p foydalangan ma'qul.
Algoritmlashda modullik prinsipidan foydalanish algoritmni o‗qishda va
dasturlashda qulayliklar yaratadi. Oxir oqibatda masalani yechish algoritmi ishchi
holatga
keltiriladi, ya'ni algoritm grafik ko‗rinishda biror algoritmik til vositasida
ifodalash darajasiga keltiriladi. Agar bitta sonli usulni amalga oshirish uchun bir
nechta algoritmlar mavjud bo‗lsa, u holda ular orasidan
shaxsiy kompyuterdan eng
samarali foydalanish uchun xizmat qiladigan usuli tanlab olinadi(tarkibida kam
operatsiyalar bori kam xotira talab qiladi).
Dasturning samarador va unumdorligi, masalani yechish algoritmining qanchalik
puxta tashkil qilinganligiga bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: