23
tomonidan ularni tuzishda ruxsat etilmagan turli kontruktsiyalar aniqlanadi. Sintaksis
xatoliklarning mavjudligi dasturning to‗g‗ri bajarilishiga yo‗l qo‗ymaydi. Shunda
ham dasturning bajarilishi yakunlansa, u holda olingan natijalar shubha uyg‗otadi.
Sintaktik xatoliklarni tuzatgandan so‗ng dasturchi kompyuterda olingan natijalar
asosida dasturning to‗g‗ri ishlayotganini aniqlash kerak bo‗ladi. Agar olingan
natijalar kutilishi kerak bo‗lgan
natijalar bilan mos kelsa, u holda dasturni
mukammalroq qilib yana bir bor tekshirib olish lozim. Agar natijalar noto‗g‗ri bo‗lib
chiqsa, u holda biz judayam yomon bo‗lgan mantiqiy xatoliklarga duch kelgan
bo‗lamiz.
Mantiqiy xatoliklarga asosan dastur mazmunini loyihalashtirayotganda yo‗l
qo‗yiladi. Masalani
mohiyatini tahlil qilish, algoritmini tuzish yoki dasturni o‗zini
dasturlash tilida yozish vaqtida dasturchi tomonidan uning ma`nosi bo‗yicha
xatolikka yo‗l qo‗yilishi mumkindir. Shuning uchun ham dasturlashni dastlabki
bosqichiga qaytib qo‗yilgan masalaning ma`no-moxi-yatini chuqurroq o‗rganishga
to‗g‗ri keladi. Vujudga kelgan holat algoritmda e`tiborga olinganmi? Hisoblovchi
(schetchik) sikldan to‗g‗ri foydalanilayaptimi? Hisoblovchilar uchun to‗g‗ri birlamchi
va natijaviy qiymatlar ko‗rsatilganmi? Birlamchi ma`lumotlar
dasturlash tilida
mumkin bo‗lgan formatga egamimi yoki yo‗qmi? Hisoblashlar to‗g‗ri asoslanganmi?
Ushbu savollarni shu bosqichda hal qilishga to‗g‗ri keladi. Mantiqiy xatoliklarning
borligi bosib o‗tilgan bosqichlarning barchasi yoki ayrimlarini qaytadan tekshirib
chiqishni talab etadi.
Dasturning to‗g‗ri ishlashi va yo‗l qo‗yilgan
xatoliklarni aniqlash uchun
testlardan foydalaniladi. Test - maxsus tayyorlangan dastlabki malumotlar bo‗lib, ular
ustida amallar bajarish bilan masalaning echimi-natija olinadi. Test tayyorlash juda
murakkab ish bo‗lib, qo‗lda hisob-kitob ishlarini bajarishni talab qiladi xamda
dasturning xamma
qismlarini, bo‗laklarini, modullarini tekshirish shart.
Dasturning xatosini tuzatish bo‗yicha yo‗l - yo‗riqlar:
1. Maxsus tayyorlangan ma'lumotlar asosida dasturni qo‗lda echib chiqish
(imkoni bo‗lsa) yoki mantiqan alohida bo‗lgan bo‗laklarini, modullarini qo‗lda
hisoblash.
24
2. Dasturni va uning bo‗laklarini, modullarini test yordamida tekshirish.
3.Dasturning kerakli joylariga bosib chiqarish buyrug‗ini qo‗yish (tuzatishlardan
keyin olib tashlanadi).
4. Dasturning xatolarini tuzatishda, muloqot rejimida bajarilganda (STOP)
to‗xtash buyrug‗idan foydalanish.
5. Dasturlash tilini va amal bajaruvchi tizimi (AT)ning maxsus xatolarni tuzatish
imkoniyatlaridan foydalanish.
6. Xatolarni tuzatish jarayonida kam xajmdagi ma'lumotlar
bilan ishlashni
tashkil qilish.
Yo‗l qo‗yilgan xatolikning mazmunidan kelib chiqqan holda ularni tuzatish
barcha dasturni to‗liq yoki ayrim qismini masala algoritmiga kerak bo‗lgan
o‗zgartirishlarni kiritgandan keyin qaytadan tuzishni talab etadi. Bu jarayon katta
kuch va kompyuter vaqtini
ishlatishni talab etadi, shuning uchun ham dasturni
yozishning dastlabki bosqichlaridan e`tibor yuqori darajada bo‗lsa uni oldini olish
mumkin bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: