O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Masala qo‘yilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

1.3. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Masala qo‘yilishi 
Turli xildagi masalalarni shaxsiy kompyuterlarda (SHK) yechishgacha 
tayyorlash va uni to‗g‗ridan-to‗g‗ri SHK yechishlar o‗z tarkibiga quyidagi 
bosqichlarni 
qamrab oladi: 
masalaning qo‗yilishi; 


19 
masalani matematik ifodalash, sonli usulni tanlash; 
hisoblash jarayonini algoritmlashtirish; 
ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash; 
kompyuter dasturini tuzish; 
dasturni sozlash; 
masalani shaxsiy kompyuterda yechish va natijalarini tahlil qilish.
6
Masalaning qo‘yilishi.
Turli xildagi masalalarni yechishning dastlabki bosqichi 
bo‗lib uning qanday qo‗yilishi hisoblanadi. Masalaning qo‗yilishi deganda, avvalom 
bor uni to‗g‗ri va ravon ifoda qilmoq, hamda uni to‗g‗ri yechish uchun qo‗yilayotgan 
hamma shartlarini aniqlash tushuniladi. Undan tashqari masalani yechish uchun kerak 
bo‗lgan birlamchi axborotlar ham aniqlanish kerakdir va hisoblanayotgan kattaliklar 
ro‗yhati va ularni taqdim etish shakli ko‗rsatilishi lozim. Qo‗yilgan maqsadni amalga 
oshirish uchun kerakli ma'lumotlar tarkibi (strukturasi), tuzilishi, ifodalanishi 
aniqlangan bo‗lib, ular orasidagi bog‗lanishlar aniq ifodalangan bo‗lsa, ―masala 
qo‗yilgan‖ deb aytiladi. 
1.4. Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash 
Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash. 
Bu bosqichda masalani 
yechish uchun kerakli va yetarli bo‗lgan dastlabki ma'lumotlarning tarkibi, tavsifi, 
turi, tuzilishi hisobga olingan xolda matematik terminlarda ifodalanadi hamda 
masalani yechishning matematik modeli yaratiladi.
Buning uchun har xil (sohasiga qarab) matematik apparat ishlatilishi mumkin.
Masalan iqtisod soxasidagi mutaxassislar - chiziqli dasturlash, dinamik 
dasturlash, stoxastik dasturlash, bashorat (prognoz) qilish bilan bog‗liq masalalarni 
yechish matematik apparatini bilishlari kerak. 
Mutaxassis o‗z soxasini har tomonlama yaxshi o‗rgangan va amaliy jixatdan 
puxta o‗zlashtirgan va qo‗llaniladigan har xil matematik apparatning barcha 
imkoniyatlarini to‗liq tushunib yetgan va amaliyotga qo‗llay oladigan bo‗lishi kerak.
6
Семакин И.Г., Шестаков А.П. Основы алгоритмизации и программирования Издательство: 
Академия. 2016 г. - C. 6.


20 
Bu bosqichda 2 ta asosiy savolga javob topish kerak:
1. Masalani ifodalash uchun qanday matematik strukturalar maqsadga muvofiq 
keladi? 
2. Yechilgan o‗xshash masalalar bormi? 
Tanlangan matematik struktura (apparat)da masalaning elementida ob'ektlari 
to‗la ifodalanishi zarur.
Sonli matematik usullar hisoblash jarayolarini elementar operatsiyalarga 
ajratishga yordam beradi, ya`ni hohlagan masalani yechishni operatsiyalarni bajarish 
ketma-ketligiga olib keladi. Ularning tarkibiga arifmetik operatsiyalar(<, , >, , =) 
va harakatlar kirib, hisoblash jarayonini tarmoqlashtirish uchun hizmat qiladi. Aniq 
bir masalani yechish uchun sonli usullarning barchasining orasidan shundayini 
tanlash kerakki, u qo‗yilayotgan masalani yaxshi darajada yechishni ta`minlab berishi 
lozim. 
Ma`lum bir sonli usulni tanlashda turli shartlar qatori quyidagi omillar bo‗lishi 
mumkinki, ya`ni hisoblashlar natijasining aniqliligi, SHK masalani yechilish vaqti
talab qilinayotgan xotira hajmi va boshqalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin