32
g) blok-chizmalarda bloklarning joylashishi va guruhlarga ajratilishi shunday
bo`lishi kerakki, ularni ko`rib axborotlarni yaxshi qabul qilish ta‘minlanishi lozim.
Algoritmni qurish qoidalari GOST 19. 002-80 da (xalqaro standart ISO 2636-
73 ga mos keladi) qat'iy belgilab berilgan. GOST 19. 003 -80 (ISO 1028-73ga mos)
algoritm va dasturlar tuzimlarida qo‗llaniladigan simvollar ro‗yxatini, bu
simvollarning shakli va o‗lchamlarini, shuningdek ular bilan tasvirlanadigan
funksiyalarni (amallarni) belgilaydi.
2.3. Algoritmni maxsus tilda ifodalash
Bu usulda algoritmni ifodalash uchun ―dasturlash tillari‖ deb ataluvchi suniy
tillar qo‗llaniladi. Buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir
ma‘noli va kompyuter tushuna oladigan ko‗rinishda tavsiflanishi zarur.
Uning tarkibida cheklangan sondagi sintaksis konstruksiyalar to‗plami bor
bo‗lib, u bilan algoritm yaratuvchi tanish bo‗lishi kerak. Ana shu konstruksiyalardan
foydalanib buyruq va ko‗rsatmalar formal ifodalarga o‗tkaziladi.
Dasturlash tillarida hisoblash jarayonlari ayrim avtonom bosqichlari mazmunini
izohlash operatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: