103
Bunday takrorlanish jarayonini dasturlashda maxsus REPEAT operatoridan
foydalaniladi.
Ushbu operatorning umumiy ko‗rinishi quyidagicha:
REPEAT M UNTIL L;
bu erda
REPEAT
- takrorlamoq, UNTIL - «gacha» ma'nosini anglatuvchi xizmatchi
so‗zlar;
M
- takrorlanish tanasi, uning tarkibida bitta operator yoki operatorlar guruhi
bo‗lishi mumkin. Operatorlar guruhini Begin va End orasiga olish shart emas.
Operator quyidagi tartibda bajariladi:
- takrorlanish tanasiga kirgan operatorlar birin-ketin bajariladi. So‗ng L mantiqiy
ifodaning
qiymati topiladi, ya'ni shart tekshiriladi. Agar bu shart bajarilsa (L ning
qiymati TRUE (rost) bo‗lsa) boshqaruv takrorlashdan tashqariga, UNTIL so‗zidan
keyingi operatorga uzatiladi. Aks holda takrorlanish davom etadi.
Takrorlanish jarayonining bunday ko‗rinishi yuqorida
keltirilgan takrorlanishdan
shu bilan farq qiladiki, bunda takrorlanish tanasi hech bo‗lmaganda
bir marta
bajariladi.
Misol.
1) S=1+1/2 +1/3+…+1/ n yig‗indini hisoblash dasturi tuzilsin.
program prep(input,output);
var i,n : integer; s: real;
begin
read(n);
s:=0;I:=1;
Repeat
S:=S+1/ I;
Write (s);
I:=I+1;
Until I>n
End.