O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Parametrli takrorlanish jarayoni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

10.4. Parametrli takrorlanish jarayoni 
 
Yuqorida keltirilgan takrorlanish operatorlarini, odatda, takrorlanish soni 
noma'lum bo‗lgan hollarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Takrorlanish jarayonining 
takrorlanish soni uni bajarilishidan oldin ma'lum bo‗lsa hamda takrorlanish 
o‗zgaruvchisining qiymatlari orasidagi farq (o‗zgarish qadami) 1 ga yoki -1 ga teng 
bo‗lsa, parametrli takrorlanish operatoridan foydalanish qulay.
Bu buyruq quyidagi ko‗rinishga egadir: 
FOR V:=L1 TO (DOWNTO) L2 DO M 
Bu erda: FOR operatorning nomi; V- takrorlanish o‗zgaruvchisining nomi; L1, 
L2 - mos ravishda V ning boshlang‗ich va oxirgi qiymati; TO - "gacha" ma'nosini 
anglatuvchi xizmatchi so‗z; DOWNTO - V ning qiymati -1 ga o‗zgarganda TO ning 
o‗rnida ishlatiladi; DO - bajarilsin degan ma'noni anglatadi; M - takrorlanish tanasi. 
Tanada bir necha operator bo‗lsa, ular Begin va End xizmatchi so‗zlari orasida 
yoziladi. 
Takrorlanish o‗zgaruvchisining toifasi REAL va cheklanmagan INTEGER 
toifasidan tashqari, barcha oddiy toifalarda berilishi mumkin va uning qiymatlari 
orasidagi farq bitta kattalikka teng. L1 va L2 V ning toifasidagi kattaliklar bo‗lib, 
uning o‗rnida o‗zgaruvchi nomlarini, ifodalarni va o‗zgarmaslarni ishlatish mumkin. 
Misol. 1 dan 100 gacha bo‗lgan musbat sonlar yig‗indisini hisoblash dasturini 
tuzish. 
Program sum; 
Var s:real; I: integer; 
Begin
S:=0; 
For I:=1 to 100 do 
Begin 
S:=S+I; 
End; 
Write('s=',s) 


105 
End. 
 
Tayanch iboralar 
 
takrorlanuvchi hisoblash jarayoni, sharti avval tekshiriladigan takrorlanish 
jarayoni, mantiqiy ifoda, takrorlanish tanasi, sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish 
jarayoni, parametrli takrorlanish jarayoni, takrorlanish o‗zgaruvchisi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin