O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
10.3. Sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni 
 
Takrorlanish jarayonining bu ko‗rinishi ham takrorlanish soni oldindan ma'lum 
bo‗lmagan hollarda ishlatiladi. Bunday jarayonda biror buyruq yoki buyruqlar tizimi 
berilgan shart bajarilgunga qadar takror va takror bajariladi. Bu jarayonni 
avvalgisidan farqi shundaki, bunda takrorlanishning tanasi hech bo‗lmaganda bir 
marta bo‗lsa ham bajariladi, chunki takrorlanishdan chiqish sharti takrorlanishning 
tanasi bajarilgandan keyin tekshiriladi. 


103 
Bunday takrorlanish jarayonini dasturlashda maxsus REPEAT operatoridan 
foydalaniladi. 
Ushbu operatorning umumiy ko‗rinishi quyidagicha: 
REPEAT M UNTIL L; 
bu erda 
REPEAT - takrorlamoq, UNTIL - «gacha» ma'nosini anglatuvchi xizmatchi 
so‗zlar; 
M - takrorlanish tanasi, uning tarkibida bitta operator yoki operatorlar guruhi 
bo‗lishi mumkin. Operatorlar guruhini Begin va End orasiga olish shart emas. 
Operator quyidagi tartibda bajariladi: 
- takrorlanish tanasiga kirgan operatorlar birin-ketin bajariladi. So‗ng L mantiqiy 
ifodaning qiymati topiladi, ya'ni shart tekshiriladi. Agar bu shart bajarilsa (L ning 
qiymati TRUE (rost) bo‗lsa) boshqaruv takrorlashdan tashqariga, UNTIL so‗zidan 
keyingi operatorga uzatiladi. Aks holda takrorlanish davom etadi.
Takrorlanish jarayonining bunday ko‗rinishi yuqorida keltirilgan takrorlanishdan 
shu bilan farq qiladiki, bunda takrorlanish tanasi hech bo‗lmaganda bir marta 
bajariladi. 
Misol.
1) S=1+1/2 +1/3+…+1/ n yig‗indini hisoblash dasturi tuzilsin. 
program prep(input,output); 
var i,n : integer; s: real; 
begin 
read(n); 
s:=0;I:=1; 
Repeat 
S:=S+1/ I; 
Write (s); 
I:=I+1; 
Until I>n 
End. 


104 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin