110
4. Elektron savdo tizimlari va ularning faoliyati
Elektron savdo tizimi – bu tovarlarning (savdo obyektlarining)
birjadan
tashqari savdosini tashkiliy vositalar va ahborot texnologik kommunikatsiyalar
majmuasi yordamida bir butun informatsion fazoda tashkillashtiruvchi tashkiliy-
huquqiy shaklda (yuridik shaxs maqomida) tuzilgan
murakkab tarmoqlangan savdo
tizimi bo‗lib, o‗z qatnashchilariga bitishuv to‗g‗risida shartnoma tuzish, tuzilgan
shartnoma
parametrlarini tekShirish, kliringni (hisob-kitobni) amalga oshirish,
bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‗lovni amalga oshirish va qimmatli
qog‗ozlarni yangi egasiga berish) bo‗yicha qulay va yetarli imkoniyatlarini beruvchi
tashkillashgan bozor mexanizmi. Bunda savdo qatnashchilari bir-birlari bilan virtual
informatsion, uzluksiz savdo rejimida real tovarlar savdosi muomalasiga kiradilar.
Ushbu tizimda turli hil tovar (jumladan qimmatli qog‗ozlar) muomalada bo‗lishi
mumkin.
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha birjadan tashqari
savdolar tashkilotchisining
faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda
qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar qabul qilish punktlari,
maxsus kompyuter
savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo‗yicha qimmatli
qog‗ozlar savdosini tashkil qilish faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdoga
ularni birjadan tashqari byulleteniga
kiritgan xolda, savdoga qo‗yishdir.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‗rnatilgan tartibda
o‗tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim.
Elektoron savdo tizimi faoliyati o‗ziga quyidagi bosqichlarni kiritadi:
- tizimga kirish va uni himoyasi;
- savdo obyekti to‗g‗risidagi bozor informatsiyasini ko‗rib chiqish (kuzatish);
- tizimga bitishuvlarni sodir qilishga talablarni (buyruqlarni) kiritish;
- uzluksiz savdo rejimija bitishuvlarni tuzish;
111
- buyruqlar hisobi kitobini yuritish;
- tizimdan foydalanuvchilarga bitishuvlar to‗g‗risidagi informatsiyani tarqatish;
- har bir bitishuv bo‗yicha tizimning faoliyatini nazorat qilish.
Elektron savdo tizimlarining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- savdo operatsiyalarini kunning istalgan vaqtida
amalga oshirish imkoniyati;
- jahon fond bozorlariga turli regionlardan brokerlarning maksimal kirishi;
- nisbatan kichik miqdordagi operatsion harajatlar;
- savdoda qatnashchilari to‗g‗risidagi informatsiyani yuqori darajada
mahfiyligi (konfidentsialligi);
- traditsion birja savdosidan farqli (odatda haridorning birgina qulay narxi va
sotuvchining narxi), bir vaqtning o‗zida bir necha qulay narxlarni ko‗rish
imkoni
mavjud.
Elektron savdo tizimlarining keltirilgan ijobiy tomonlariga qaramasdan ular
hozircha to‗laligicha amalga oshirila olinmayapti, natijada
elektron bozorlarning
likvidlilik darajasi nisbatan pastroq bo‗lib qolmoqda. Bunda quyidagilarni to‗siq
sifatida ko‗rsatish mumkin:
- elektron savdo dilerlarning o‗z operatsiyalarida kontragentlari bilan ish
yuzasidan mulohaza qilishiga asoslangan professional intuitsiyasini to‗liq ishlatishiga
qiyinchilik tug‗dirmoqda;
- buyruqlarning qo‗shimcha shartlarini hisobga olish imkoni yo‗qligi, ba‘zan
esa bitishuv ijrosiga buyruqlarni to‗htatish mumkin emasligi.
- tizimda sotiladigan qimmatli qog‗ozlarning risklilik darajasini nisbatan
yuqoriligi.
Ko‗rsatilgan
kamchiliklarga qaramasdan, elektron savdo tizimlari jadal
rivojlanib bormoqda.
112
Hozirda, jahon savdo amaliyotida ellikdan ziyod turli hil elektron savdo tizimlari
mavjud bo‗lib, ularning yarmisi fyucherslar savdosiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: