Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning
oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi.
Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos
kelishga intilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning
qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni
ommadan ajralib turishga
xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at
asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy
kiyim-kechaklar snob
tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi
tovarlarga egalik qilish,
individuallikka intilish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: