Qisqa muddatli davr deb, firma o‘z resurslarining bir qismini son jihatdan
o‘zgartirib qolgan qismini o‘zgarmas holatda qoldirish davriga aytiladi.
Qisqa muddatli ishlab chiqarish funksiyasi – mavjud doimiy resurslar
sharoitida firma o‘zgaruvchan resurslar hajmini o‘zgartirib ishlab chiqarishi
mumkin bo‘lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi.
Uzoq muddatli davr deb, firma o‘zi foydalanayotgan jami resurslarning
sonini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan davrga aytiladi.
Uzoq muddatli davrda barcha ishlab chiqarish omillari o‘zgaruvchan
bo‘ladi. Firma iqtisodiy resurslarga bo‘lgan bozor talabi va narxiga qarab ishlab
chiqarishning texnologik samaradorligi variantlaridan birini tanlashi mumkin.
3. Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
Ma’lum vaqt oralig‘ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy
mahsulot desak,
o‘rtacha mahsulot – umumiy mahsulotni ushbu mahsulot ishlab
chiqarish uchun sarflangan o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbati
bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: