Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligining
kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish
oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘zgarmaganda), shunday bir
nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab
chiqarish hajmini kamaytiradi.
4. Miqyos samarasi Xarajatlarning proporsional o‘zgarishga ishlab chiqarish miqyosining
o‘zgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan - ishchi kuchi
va
kapitaldan
foydalanilganda, ulardan foydalanish ikki barobar oshsa
va
bo‘lsa, ishlab chiqarish miqyosi ikki barobar kengaydi deyiladi.
Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qisqartirilsa (
va
) ishlab chiqarish miqyosi ikki marta qisqarganligini bildiradi. Ishlab
chiqarishda omillardan foydalanishning proporsional oshishi, ya’ni ishlab chiqarish
miqyosining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta’sir qiladi, u
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o‘zgartirmasligi
mumkin.
Agar ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’atidan
mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’rati yuqori bo‘lsa, bunday ishlab
chiqarish hajmining o‘sishiga musbat miqyos samarasi deyiladi. Musbat miqyos
samarasida uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar kamayadi.
Agar, ishlab chiqarish miqyosi kengayganda, omillar sarfi sur’atidan ishlab
chiqarish hajmining o‘sish sur’ati past bo‘lsa, bunday o‘sishga manfiy miqyos
deyiladi. Manfiy miqyos samarasida (keyinchalik ko‘ramiz) uzoq muddatli
oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o‘rtacha harajatlar oshib
boradi.
)
(L )
(K L 2
K 2
L 5
,
0
K 5
,
0
Ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’ati ishlab chiqarish
hajmining o‘sish su’ratiga teng bo‘lsa, bunday o‘sishga o‘zgarmas miqyos
samarasi deyiladi.