Qaytariladigan va qaytarilmaydigan xarajatlar Qaytariladigan xarajatlar – firma qaytarib olishi umkin bo‘lgan xarajatlar
(faoliyatini to‘xtatgandan so‘ng ham).
Qaytarilmaydigan xarajatlar – firma hech qachon qaytarib ololmaydigan
xarajatlar. Bularga misol, firma registratsiyasi va lisenziya olishi uchun qilingan
xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar firmani bozorga kirishi va chiqishi uchun
qilinadigan xarajatlardir. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar
bo‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun
ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming
so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna
umuman kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas.
Firma ushbu uskunani 60 ming so‘mga sotib, 40 ming so‘m zarar ko‘rdi. 40 ming
so‘m qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta’sir qilmaydi.
4. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari Qisqa muddatli davr mobaynida resurslarning bir qismi o‘zgarmas holatda,
boshqa bir qismi ishlab chiqarish xajmining ortishi yoki kamayishi natijasida
o‘zgarishi mumkin.
Unga mos ravishda qisqa muddatdagi xarajatlar doimiy (o‘zgarmas) va
o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi.
O‘zgarmas xarajat (FC - fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish
hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajat). O‘zgarmas
xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan
foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, Sug‘urta to‘lovlari, Bank kreditlari
bo‘yicha foiz to‘lovlari, Amortizasion ajratmalar, kapital ta’mirlash, ma’muriy
xarajatlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajat (VC - Variable Cost) - mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajat, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda
o‘zgaradigan xarajat. O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga,
gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi yalpi xarajatlarni keltirib
chiqaradi.