O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining ma’lum darajasida



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining ma’lum darajasida 
monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi 
hamda monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi: 
1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega 
bo‘lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar 
tuzishiga imkon yaratadi
2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta 
miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, raqobatni cheklash, 
tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab 
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‘ladi. 
Monopoliyalarning 
vujudga 
kelishida 
ishlab 
chiqarishning 
to‘planishidan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
1) 
davlatning 
proteksionistik 
bojxona 
siyosati. 

chet 
eldagi 
raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo‘qotib, monopoliyalarning 
paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi
2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat 
monopoliyalarining jadal o‘sishiga imkon beradi. 
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga 
ko‘ra ajratish mumkin. 
2. 
Sof monopoliya modelining asosiy xususiyatlari. 
Mukammal raqobatning qarama-qarshisi Sof monopoliyadir.
Sof monopoliya – ma’lum mahsulot turini ishlab chiqarish va sotish 
bo’yicha yakka hukmron bo’lgan bozor tuzilmasidir. Yagona ishlab 
chiqaruvchi sifatida sof monopolistda unikal imkoniyatlar mavjud. Uning 
to’g’ridan-to’g’ri raqobatchilari yo’q. U o’zi xoxlagan narx va xajmda istalgan 
mahsulot turini ishlab chiqarishi mumkin. Monopolist ishlab chiqargan mahsulot 
bozorda unikal hisoblanadi, bozorda uni o’rnini bosuvchi xech qanday tovar 
bo’lmaydi. Bozordagi yuqori darajadagi yakka xukmronlik monopolist uchun


ishlab chiqarish xajmi va narxini maksimal darajada nazorat qilish imkonini beradi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin