O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Siklik ishsizlik - iqtisodiy siklning so‘nish bosqichi tufayli vujudga kelgan 
ishsizlikdir. So‘nish bosqichida ishlab chiqarishning faolligi susayadi, ayrim 
korxonalar yopiladi, natijada ishsizlik ortadi. Ishsizlikning amaliy va tabiiy 
darajalari o‘rtasidagi farq siklik ishsizlik ko‘rsatkichini tashkil qiladi. 
Siklik ishsizlik - salbiy iqtisodiy hodisadir. Uning borligi iqtisodiyotning 
to‘liq bandlik darajasida faoliyat ko‘rsatmayotganligini, demak, YaIMning 
potensial darajasiga erishilmayotganligini bildiradi. 
Siklik ishsizlik ko‘rsatkichlari g‘oyatda turli-tuman bo‘lib, so‘nishning 
intensivligiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. AQShda Buyuk depressiya davrida 
siklik ishsizlik darajasi 25 foizgacha yetgan.
Agar ishsizlik tabiiy darajadan yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ya’ni siklik 
ishsizlik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa, u holda o‘rinli savol tug‘iladi: ishsizlik 
tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkinmi? Bozorning bunday holati o‘ta to‘liq 
bandlik deb ataladi. 


O‘ta to‘liq bandlik iqtisodiyoti alohida bir sharoitda turgan, masalan, urush 
holatida turgan mamlakatlar uchun normal holat hisoblanadi. Bu holatda mehnat 
bozoridagi bunday holat iqtisodiy sabablar yo‘qligida paydo bo‘ladi. 
Agar o‘ta to‘liq bandlik oddiy iqtisodiy sharoitlarda ham ancha uzoq muddat 
davom etsa, demak, mehnat bozori moslashuvchan emas, iqtisodiyotdagi 
inflyatsiya darajasi esa juda yuqori, degan xulosa kelib chiqadi. Demak, o‘ta to‘liq 
bandlik - noqulay iqtisodiy holatdir. 
4. Ishsizlikning sabab va oqibatlari. Ishsizlik bo‘yicha davlat siyosati: 
klassik va keynscha yondashuvlar. 
Iqtisodiyotchilar orasida ishsizlikning sabablariga yagona qarash yo‘qdir. 
Ishsizlikning quyidagi asosiy sabablarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
♦ aholining haddan ortiq ko‘pligi (umuman olganda jahon iqtisodiyotida 
mehnat ortiqchaligi kuzatilmoqda, aholi sonining keskin ortishi esa bunga sabab 
bo‘lmoqda);
♦ ish haqi stavkalarining kasaba uyushmalarining harakatlari va aholining 
ijtimoiy-iqtisodiy faolligi bosimi ostida muvozanat darajasidan yuqori belgilanishi; 
♦ fan-texnika inqilob davrida mehnatning kapital tomonidan siqib 
chiqarilishi; 
♦ mehnat bozorida monopsoniyaning mavjudligi (mehnatga haq to‘lash 
shartlarini monopsonist korxonalar belgilaydi va bandlik hajmini kamaytiradi); 
♦ to‘lovga layoqatli talabning pastligi (tovar va xizmatlarga bo‘lgan 
talabning yo‘qligi mehnatga bo‘lgan talabni susaytirib yuboradi, chunki u hosilaviy 
xarakterga ega bo‘lib, ishsizlik uning sababidan vujudga keladi). 
Bu sabablarning barchasi oxir-oqibatda ishsizlikni keltirib chiqaradi yoki 
uning yanada rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hodisaning nazoratdan chiqib ketib 
rivojlanishi jiddiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Ishsizlikning birinchi oqibati – potensial YaIM darajasidan ortda qolish, 
ya’ni mahsulotni yetarli ishlab chiqarmaslikdir. 1960-yilda amerikalik iqtisodchi 
A.Ouken ushbu fenomen ustida tadqiqotlar o‘tkazdi. Ulkan statistik materialni 
tahlil qilib chiqqach, u quyidagi xulosaga keldi: siklik ishsizlik ko‘rsatkichi bilan 
amaliy YaIMning potensial YaIM darajasidan ortda qolishi o‘rtasida barqaror 
o‘zaro bog‘liqlik mavjud ekan. U o‘z hisob-kitoblari asosida Ouken qonuni deb 
nomlangan qoidani asoslab berdi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin