O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Iqtisodiyotda gisterezis (yunon. «gisterezis» - ortda qolish) – ayrim 
makroiqtisodiy chora-tadbirlarning uzoq vaqt saqlanib qoluvchi oqibatlari, 
boshqacha qilib aytganda, tabiiy darajaga qaytmasligidir. 
So‘nish davridan so‘ng, jonlanish davri kirib kelsa, ya’ni ishsizlikning 
dastlabki darajaga qaytishi uchun barcha sharoitlar yuzaga kelsa ham, bu narsa 
amalga oshmasligi ham mumkin, chunki so‘nish davrida ishchi kuchi sifat jihatdan 
o‘zgargan bo‘lishi (ishchilar mehnat ko‘nikmalarini yo‘qotgan bo‘lishlari, 
ishlashdan chiqib qolgan bo‘lishlari) mumkin, ya’ni bu maktab tabiiy daraja 
gipotezasini inkor qiladi. 
Mehnat bozoriga va ishsizlik muammosiga nisbatan turlicha qarashlar 
davlatning ishsizlikni tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosatiga nisbatan turli 
xulosalarga olib keladi. 
Klassik maktab vakillari davlatning mehnat bozori faoliyatiga qisman 
aralashuvi tarafdorlaridir: davlatning passivligi bozorning o‘z-o‘zini tartibga solish 
kuchlari to‘liq namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Keyns maktabi vakillari mehnat 
bozoridagi gisterezis va qiyinchiliklarni rad etmagan holda, davlatning ish 
o‘rinlarini tashkil qilish va iqtisodiyotda bandlik muammolarini hal qilish orqali 
to‘lovga layoqatli talabni tartibga solishga qaratilgan faol aralashuvini yoqlaydilar. 
Nazorat savollari 
1. 
Makroiqtisodiy beqarorlik yoki bozor iqtisodiyoti rivojlanishining 
davriyligi deb nimaga aytiladi? 
2. 
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tavsiflang. 
3. 
Friksion ishsizlikni qanday sabablar keltirib chiqaradi? 
4. 
Friksion va tarkibiy ishsizlikning umumiy jihatlari? 
5. 
Friksion va tarkibiy ishsizlik o‘rtasida tafovutlar
Mustaqil ish mavzulari 
1. 
O’rganilayotgan mamlakatlarda mehnat bozori faoliyati qanday 
shakllangan? 
2. 
O’rganilayotgan mamlakatlarda ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlarini tavsiflang. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin