O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Keynschilar maktabi namoyondalari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi 
to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. 
Boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb 
hisoblashishadi. 
Neoklassik 
yondoshuv 
tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida 
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa 
taklif tomonidan yondoshishadi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror 
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. 
Baholarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari 
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 
1) valyuta kururslarining o’zgarishi; 
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi 
tomon o’zgarishi; 
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida 
aniqlanadi.
Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya 
darajasi (baholarning o’sish sur’ati)  deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda 
inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
P-P
-1

 q ---------- 
P
-1
bunda:

yillik inflyatsiya sur’ati; 
P - joriy yilning narxlar indeksi; P
-1
- o’tgan yilning narxlar indeksi. 
Ba’zan inflyatsiyaion jarayonlarni rivojlanish darajasini aniqlashda “70 
qoidasida” dan ham foydalaniladi. Bu orqali necha yildan so’ng mavjud inflyatsiya 
darajasi ikki marotaba ko’payadi. Buning uchun 70 sonini mavjud inflyatsiya 
darajasiga bo’lish kerak. Masalan, inflyatsiya darajasi 10 foiz bo’ladigan bo’lsa, 
uning ikkilanishi 7 yildan so’ng amalga oshadi.
Namoyon bo’lishiga qarab inflyatsiya ikki ko’rinishda bo’ladi: 
1. Ochiq namoyon bo’luvchi inflyatsiya. 
2. YAshirin inflyatsiya.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin