2.
Vaqt omili. Aksariyat tovarlarga bo‘lgan bozor talabi uzoq muddatli davr
mobaynida elastiklikroq bo‘ladi.
Bir tomondan, aksariyat insonlarga iste’molchilik ta’blarini o‘zgarishiga
ancha vaqt talab qilinadi. (masalan, qandolat mahsulotdariga bo‘lgan narx keskin
oshirilsa ham mahsulotlarni sotish hajmi bir vaqtning o‘zida pasayib ketmaydi).
Boshqa tomondan, bir tovaga bo‘lgan talab boshqa bir tovarning mavjudigi
bilan ham izohlanishi mumkin. Masalan, neftga va shu bilan bir qatorda benzinga
bo‘lgan narxning oshib borishi qisqa muddat ichida yo‘l bosishni qisqarishiga olib
kelmaydi, lekin, uzoq muddatli davr mobaynida eski avtomashinalarni yangi
yoqilg‘i kam harajat qiladigan modellari bilan almashtirilishiga va shu orqali kam
benzin ishlatilishiga olib keladi.
3.
Tovarga bo‘lgan harajatlar darajasi. Iste’molchi byudjetidan tovarga
yuqori darajada harajatlar qilish aksariyat tovarlarga bo‘lga talabni narxlarni
o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan qilib qo‘yadi. Masalan, sanoat iste’molchisiga bir-
birlik tovarga bo‘lgan narx emas, balki unga bir oy yoki bir yilda qilinadigan
harajatlar muhim hisoblanadi.
4.
Tovarning iste’molchi uchun zarurligi. Tovarning iste’molchi uchun
yuqori darajadagi zaruriyati narxga bo‘lgan past elastikligini aniqlab beradi.
1>
Dostları ilə paylaş: