“MIKRO MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN MA’RUZALAR MATNI 1-MAVZU. “MIKROIQTISODIYOT” FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA METODI Darsning o’quv maqsadi: Talabalarda jamiyatdagi iqtisodiy muammolar va ularni hal etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli, Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi, tanlash muammosi, alternativ harajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha hosil qilish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Tushunchalar va tayanch iboralar Iqtisodiy nazariya, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, pozitiv mikroiqtisodiyot, normativ miroiqtisodiyot, iqtisodiy model, resurslar, ehtiyojlar, kamyoblik, iqtisodiy talab, alternativ xarajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi Asosiy savollar 1. Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli 2. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi 3. Tanlash muammosi. Alternativ harajatlar 4. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi 1. Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli Har bir inson jamiyatda yashayotgan ekan, u doimiy ravishda iqtisodiy
jarayonlarga duch keladi, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan
maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo‘nalishlarni tanlash va yuqori
natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar o‘z manfaati yo‘lida, korxonalar –
foyda miqdorini ko‘paytirish yo‘lida harakat qiladi, davlat bo‘lsa ana shular
faoliyatini yagona maqsad yo‘lida – jamiyatning farovonligini, kishilar turmush
sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim. Turli davlatlarda bu maqsadga har xil
darajada erishiladi.
“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq
xo’jaligining quyi bo‘g‘inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo‘lganligi uchun
u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda
foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni
ko‘paytirishni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda
inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot