O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Moliyaviy kapital – (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pullari) ishlab 
chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas, 
faqatgina real kapitalga erishishda foydalaniladigan bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Yer – qishloq xo‘jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari. 
Tadbirkorlik iqtidori – ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, asosiy 
masalalarni hal qilish, tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, yangi texnologiyalarni jalb 
qilish qobiliyatlari majmui.
Axborot - “Jahon xo‘jaligi va undagi jarayonlar haqida ma’lumotlar”. Aniq 
ma’lumot, axborotga ega bo‘lish, iqtisodiy sub’ektlar oldida turgan global 
muammolarni hal qilishga turtki bo‘ladi. 
Bilim – boshqaruv, savdo – sotiq, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish 
sohasidagi malakali kadrlar tomonidan eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishda asosiy 
vosita sifatida qo‘llaniladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida qayd etilgan iqtisodiy resurslar erkin 
sotiladi, sotib olinadi va o‘z egalari uchun alohida daromad ko‘rinishida: ya’ni 
renta (yer), foiz (kapital), oylik maosh (mehnat), foyda (tadbirkorlik faoliyati) 
keladi.
Ehtiyoj – shaxsni hayot faoliyatini ushlab turish uchun shart bo‘lgan 
ob’ektiv ehtiyojlar. Ehtiyojlar birlamchi (oziq – ovqat mahsulotlari) va ikkilamchi 
(tafakkurni kuchaytirish) bo‘lishi mumkin. 
Jamiyatda insoniyat doimiy ravishda asosiy to‘rtta iqtisodiy savollarga javob 
berishga harakat qiladi :
1. 
Nima ishlab chiqarish kerak? 
2. 
Qanday ishlab chiqarish kerak? 


3. 
Kim uchun ishlab chiqarish kerak? 
4. 
Qachon ishlab chiqarish kerak?
Muqobil (alternativ) xarajatlar –bir tovarni ishlab chiqarish, uning sonini 
oshirish uchun boshqa bir tovardan voz kechish alternativ harajatlar, yoki voz 
kechilgan imkoniyatlar xarajatlari deyiladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin