1. Bozor mexanizmi va uning elementlari
Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakldagi
munosabatlar yig‘indisidir.
Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga
olib ishlab chiqarishni
kengaytirish mumkinmi ? Ha.
Bozor iqtisodiyoti va uni tavsiflash fundamental nima, qanday,
kim uchun
va qachon ishlab chiqarish kerak degan masalalar turli iqtisodiy tizimlarda turlicha
xal qilinadi.
Turli tizimlarni tasniflash ikki mezonga asoslanadi :
-
ishlab chiqarish sohasida ustuvor bo‘lgan mulkchilik shakliga qarab;
-
iqtisodiy faoliyatni boshqarish va nazorat qilish usuliga qarab
quyidagi iqtisodiy tizimlarga ajratish mumkin:
An’anaviy iqtisodiy tizim – tabiiy, ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
asoslanadi.
Alohida iqtisodiy sub’ektning faoliyat yo‘nalishi,
uning ishlab chiqarish
hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi.
Asosiy iqtisodiy masalalar an’analarga asoslanib xal qilinadi. Zamonaviy
jamiyatda an’ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: