O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

2. Bozordagi talab. Talab qonuni. 
Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar 
tizimini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo‘lgan 
talab va taklif orqali aniqlanadi.
Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning 
ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda 
tutadi.
Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish 
imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli 
ehtiyojdir.
Talab individual va bozor talabiga bo‘linadi.
Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor talabini 
keltirib chiqaradi.
Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullardan 
foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.
Xaridorlardan olinadigan so‘rov yoki intervyu. So‘rov – xaridorlarning 
xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
Biroq so‘rov jarayonidagi ob’ektiv qiyinchiliklar tufayli aniq mf’lumotlar olish 
darajasi past.
Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor 
kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning dinimikasini 
aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin 
xatolar qilish saqlanib qolinadi.
Bozor eksperimenti (tadqiqoti) – yangi parametrlar, yangi narxlar 
o‘rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to‘g‘ridan – 
to‘g‘ri test qilishni ko‘zda tutadi. Statistik usul - real statistik ma’lumotlarni 
o‘rganish asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo‘lgan talab va narxni 
o‘zaro bog‘liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi.
Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi 
ko‘rsatgichlardan foydalaniladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin