O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Talabning o‘zgarishi - bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar 
o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi. 
Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhim omillariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
1. Iste’molchilarning xohish va istaklari; 
2. Iste’molchilarning daromadlari; 
3. Iste’molchilarning soni; 
4. Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar; 
5. Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish 
mumkin: 
1. 
Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir 
ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy. 
2. 
O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgan
tovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy. 
3. 
To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi 
tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini 
quyidagilarga ajratish mumkin: 

funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi 
talab 

nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari, 
boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.


Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning 
oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. 
Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos 
kelishga intilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning 
qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga 
xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at 
asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob 
tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish
individuallikka intilish hisoblanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin