O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlarining mavjudligi. O‘sib 
borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushirish evaziga 
qondirilishi mumkin.
2. Sotish uchun taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning turlari. Tez 
o‘zgarib turadigan va bu jarayonda qo‘shimcha sarmoya talab qilmaydigan tovar, 
xizmatlar, texnologiya va ishlab chiqarish hajmlari boshqalarga nisbatan taklif 
elastikligi yuqoriroqdir.
3. Tayyorlangan tovarni uzoq muddat saqlash imkoniyatining mavjudligi
Agar firmada bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, u zahirada yig‘ilgan mahsulotlar 
evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Shunga muvofiq, uning taklifi 
ham narxlar o‘zgarishiga nisbatan yanada elastikroq bo‘ladi.
4. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan minimal hajmdagi 
harajat. Zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarning hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif 
elastikligi ham shunchalik past bo‘ladi.
5. Bozor kon’yunkturasi. Tovar defitsiti sharoitida ishlab chiqaruvchilar aniq 
hajmdagi tovarni yuqori narxda sotsh imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday sharoitlarda 
taklif noelastik bo‘ladi.
6. Vaqt oralig‘i. Vaqt oralig‘i qanchalik uzoq bo‘lsa, ishlab chiqaruvchida 
shunchalik narxlarni o‘zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug‘iladi va 
taklifning elastikligi ham ortib boradi.
Nazorat savollari va topshiriqlari 
1. 
Elastiklik tushunchasiga ta’rif bering, uning xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
2. 
Giffen tovarlari deb qanday tovarlarga aytiladi? Misollar keltiring 
3. 
Narx bo‘yicha talab elastikligi nima? 
4. 
Daromad bo‘yicha talab elastikligi qanday bo’ladi? 
5. 
Taklifning elastikligini ta’riflang. 
6. 
Talabning narx elastikligiga ta’sir etadigan omillar nimalardan iborat? 
7. 
Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillar nimalardan iborat? 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin