Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:
a.
Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘rish va
turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B
dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. A>B, Bnaflilikka ega bo‘ladi. Bu afzal ko‘rish tovarlar qiymatini inobatga olmagan
xoldadir.
b.
Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi).
Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini
S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga
nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: A>B, BS.
c.
To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi
(ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p
miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi.
Iste’molchilik hatti-harakati– bu iste’molchilarning turli tovar va
xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.
2. Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik. Naflilik – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar
qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati
hisoblanadi.
Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish
qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘liq. Sifat
ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydaliligi, dizaynining
estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi,
xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.
Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil
qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab
bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab tahlil qilish, ikkinchisi,
naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va
quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va
xizmatlarga duch keladi.