Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan,
u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan
naflilik darajasini
ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin
balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida
oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash
mumkin.
Chekli naflilik – bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan
qo‘shimcha naflilikdir.
Iste’molchilik
tanlovining to‘g‘rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy
naflilik
emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir.
3.Befarqlik egri chizig‘i.
Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli,
foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi.
Befarqlik egri chizig‘i
iste’molchi
uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak,
chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.
Iste’mol tovarlarining turli xil assortimenti
Turli
xil tovarlar
to‘plami
Oziq-ovqat
mahsuloti
turlarining
miqdori
Kiyim
turlarining
miqdori
A
20
30
B
10
55
C
40
20
D
30
45
E
10
20
F
10
45
Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan
shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi
iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual
tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi,
chunki bu turli tovarlar
va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: