O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

^P =Q/F 
^P – o‘rtacha mahsulot, Q – umumiy mahsulot miqdori, F sarflangan 
resurslar. 
Chekli mahsulot – bu o‘zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik 
miqdorda qo‘shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o‘sgan qismiga 
aytiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bitta omil, ya’ni faqat mehnat sarflansa
chekli mahsulot: MPL=^Q/^L 
MPL – mehnatning chekli mahsuloti yoki mehnatning chekli mahsuldorligi. 
^Q – qo‘shimcha birlik mehnat sarfi ^L hisobiga ishlab chiqarilgan qo‘shimcha 
mahsulot miqdori   
Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish 
Kapital 
sarfi, 
K 
Mehnat 
sarfi, 
L 
Mahsulo

ishlab 
chiqarish 
hajmi, 
Q 
O‘rtacha 
mahsulot, 
^P=Q/F 
32/2=16 
Chekli 
mahsulot, 
MPL=^Q/^L 
32-
12=20 
15 




15 

12 
12 
12 
15 

32 
16 
20 
15 

60 
20 
28 
15 

80 
20 
20 
15 

95 
19 
15 
15 

108 
18 
13 
15 

112 
16 

15 

112 
14 

15 

108 
12 
-4 
15 
10 
100 

-8 
Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashadigan kapitalning o‘zgarmasligini 
ko‘rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat 


sarfiga to‘g‘ri keladigan mahsulot o‘rtacha mahsulot bo‘lib, u to‘rtinchi ustunda 
keltirilgan. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat 
sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 
birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O‘rtacha mahsulot maksimal 
bo‘lganda mehnat sarfi to‘rt birlikni tashkil etadi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPL keltirilgan. U 
qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha 
mahsulot miqdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi uchinchi 
ustundagi har bir mahsulot miqdoridan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdorini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o‘zgarmas bo‘lganda (15 
birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o‘zgarishi mahsulot ishlab 
chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo‘shimcha bir birlik mehnat 
sarfi 60-32=28 birlik qo‘shimcha mahsulot yaratadi. O‘rtacha mahsulotdek, chekli 
mahsulot ham boshida ortib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat 
sarfigacha o‘sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan 
chiqmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatdan tashqari, kapital sarfiga 
ham bog‘liq. Agar mehnat sarfi o‘zgarsa kapital sarfi ham o‘zgarishi mumkin.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin