Talabalarda xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va
cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik
jamiyatlari), ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari, ishlab chiqarishning
qisqa muddatli xarajatlari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan
jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari), umumiy
va xususiy xarajtlar, buxgalterlik va iqtisodiy xarajatlar, yaqqol namoyon
bo‘luvchi
va
namoyon
bo‘lmaydigan
xarajatlar,
qaytariladigan
va
qaytarilmaydigan xarajatlar, o‘zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlar
Asosiy savollar
1. Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
2. Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
3. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari
4. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari
1.Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
Tadbirkorlik – ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat,
kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik
va tavakkalchilik asosida
daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning
maxsus omili.
Tadbirkorlikka quyidagilar xos: Faoliyatning usul va yo‘nalishlarini
tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; faoliyat yakuniga ko‘ra o‘z mulki bo‘yicha to‘liq
moddiy javobgarlik; foyda – yuqori foyda olishni mo‘ljallash.
Tadbirkorlikning
xususiyatlari:
Tadbirkorlik
ob’ektlari
korxona (firma), daromadli ish.
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkor, ishlab
chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar),
aksionerlar,
tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma
deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik
faoliyati yuritadi deganda, qanday
mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab
chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror
qabul qilishi tushuniladi.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va
manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: