Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib,
birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning
barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni
cheklanmagan ravishda
o‘zlarining zimmalariga oladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari
bo‘yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‘shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi,
xolos.
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib,
har bir mulk
egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan.
Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar.
Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z
aksiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini
aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar.
Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‘lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda,
ya’ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga korporatsiya yoqmasa, ular o‘z
aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman uzishi mumkin.
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi
tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat
qilmaydigan kasaba uyushmalari,
klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish
maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: