4.
Bozordagi barcha sub’ektlarning mukammal bilim va axborotga
egaligi. Barcha qarorlar aniqlik sharoitida qabul qilinadi. Bu degani barcha
firmalar o‘z daromadlar va xarajatlari, barcha resurslarning narxlari, mavjud
texnologiyalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi, iste’molchilar esa,
xamma
firmalardagi narxlar haqida to‘liq ma’lumot ola oladi. Shu bilan birga, axborot
tezlik bilan va mutlaqo bepul tarqatiladi.
Yuqoridagi xususiyatlar juda ham qattiq va amaliyotda mukammal tarzda
qo‘llash kamdan-kam holatlarda amalga oshiriladi. Shunga qaramay,
mukammal
raqobat modeli iqtisodiy tahlilning muxim elementlaridan biri hisoblanadi.
Bozor
mukammal raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi
shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday
qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi cheklanmagan;
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof
raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi.
Raqobatlashgan bozorda
harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin
raqobatlashuvchi firma to‘g‘risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda
harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz. Demak, raqobatlashgan bozorda tovar
narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham
ta’sir qila olmaydi:
.
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan
tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani
uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb,
ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda
tovarning sifatiga qarab,
ularning narxi har xil bo‘ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning
narxiga ko‘ra yuqori bo‘ladi).
Raqobatlashgan bozorda
umumiy daromad
firma tomonidan ma’lum
miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad
sotilgan mahsulot miqdorini
uning narxiga
ko‘paytmasiga teng:
,
bu
yerda
yoki
- umumiy daromad;
- narx;
- sotilgan ne’mat
miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘lganligi
uchun, u
ko‘rinishida yoziladi.
Dostları ilə paylaş: