O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Sof monopoliyaning asosiy xususiyatlari: Firmalar soni



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Sof monopoliyaning asosiy xususiyatlari: Firmalar soni bitta, mahsulot turi 
yagona, unikal, bozordagi hokimlik maksimal darajada, bozorga kirish 
chiqishdagi to’siqlar umuman olib tashlab bo’lmaydigan. 
O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» 
DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, O‘zbekNeftegaz holding kompaniyasi, 
O’zbekenergiya DAK misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi 
tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, 
ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib 
borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy 
monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya. 
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda 
takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali 
qazilmalar va h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. 
Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi 
sababli raqobatni rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish 
turlari ham kiritiladi. Odatda, tabiiy monopoliyalar davlat tomonidan ma’lum bir 
xududga xizmat ko’rsatish xuquqini oladilar va buning evaziga iste’molchilar 
xuquqlarini ximoya qilish bo’yicha davlatning nazorati va boshqaruviga 
bo’ysunadilar.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish, raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda 
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik 
ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi 
xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin