Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish
maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning
bir qismini
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish
miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan
birga raqobat amaldagi
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining
moddiy asosi
bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini
jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu
jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni,
korxonaning
ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori,
tovar
aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to‘planishi kapitalning
markazlashuvi jarayoni bilan yanada to‘ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: