O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi 
monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi 
monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 
1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, 
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni 
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga 
oshiriladi; 
2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati 
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni 
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish 
shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum 
vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish 
imkonini ta’minlaydi; 
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va 
boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish 
bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 


Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) 
nomi. 
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab 
o‘zgartiradi, ya’ni: - bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun turli to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; 
banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va 
boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan 
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini 
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi; 
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni 
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq 
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish 
mumkin: 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin