O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


O‘zbekistonda monopoliyadan chiqarish



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

4.O‘zbekistonda monopoliyadan chiqarish 
va raqobatni rivojlantirish holati 
O‘zbekistonda 2009 yilda respublika iqtisodiyotining monopollashuv 
darajasi ancha pasayganligi kuzatildi. 2010 yil boshidagi holatga ko‘ra Monopolist 
korxonalar davlat reestrida 162 turdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish 
bo‘yicha 211 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt bor edi, yil oxiriga kelib ularning soni 
183 taga tushirildi.
Narx, P 
Miqdor, Q 
Yalpi 
daromad, TR 
Chekli 
daromad, MR
10 

10 
10 


18 



24 



28 



30 



Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda monopolizm hali ham saqlanib qolmoqda. 
Masalan, neft kimyosi bozorida 19 ta, oziq-ovqat tovarlari bozorlarida 13 ta, 
qurilish materiallari bozorida 17 ta korxona monopolistdir
3
.
Monopollashuvning yuqori darajada saqlanib qolayotganligining obyektiv 
sabablari: 

Ishlab chiqarishning kapital sig‘imi kattaligi; 

Katta quvvatga ega bo‘lgan agregatlardan foydalanilishi; 

Texnologiya jarayonlarining uzluksizligi.
Bular 
ushbu 
tarmoqlarda 
raqobatning 
rivojlanishini 
qiyinlashtirib 
qo‘ymoqda.
5. Narx diskriminatsiyasi 
Aloxida monopol firma ega bo‘lgan salmoqli bozor xukmronligi unga 
narx va ishlab chiqarish xajmini belgilash shuningdek, narxli diskriminatsiya deb 
nomlanuvchi narx siyosatini o‘tkazish imkonini beradi. 
“Diskriminatsiya” (lotinchadan olingan bo‘lib, dicriminatio – farqlanish, 
turlanish) tushunchasi texnik atama hisoblanadi va salbiy ma’noga ega emas.
Narxli diskriminatsiya – turli birliklarga har xil narxlar o‘rnatish amaliyoti.
Narxli diskriminatsiyaning maqsadi, umumiy xarajatlarining o‘zgarmas 
darajada ushlab turgan holatda firmaning qo‘shilgan daromadlarini 
maksimallashtirish hisoblanadi.
U yoki bu kompaniyaning narx strategiyasini tahlil qilayotganda har doim 
ham narxlardagi farqlanish narxli diskriminatsiyaning belgisi emasligini, yagona 
narx esa uning yo‘qligi darakchisi emasligini xisobga olish muhimdir.
Shunday qilib, masalan, bir xil (bitta) tovarni turlicha narxlarga turli 
mintaqalarga, turli vaqt oraliqlarida (fasllarda), turli sifatlarda va h.k. yetkazib 
berish narxli diskriminatsiya hisoblanmaydi. Shuning bilan birgalikda alohida 
(o‘ziga xos) holatlarda turli (har xil) yerda joylashgan xaridorlarga bir xil (bitta) 
tovarni yagona narx bo‘yicha yetkazib berish narxli diskriminatsiya sifatida 
ko‘rilishi mumkin.
Monopolist tomonidan narxli diskriminatsiyaning amalga oshirilishi uchun 
ba’zi shartlarning bajarilishi zarur, hususan, tovarga bo‘lgan narxli talab 
egiluvchanligi turli xaridorlarga jiddiy ravishda turlicha bo‘lishi va xaridorlarning 
o‘zi oson tenglashishi, shuningdek, tovarga qiziqqan shaxslarga keyingi olib 
sotishning imkoni bo‘lmasligi kerak.
Narxli diskriminatsiya tushunchasini iqtisodiyot nazariyasiga birinchi bo‘lib 
ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877-1959) kiritgan. U uning 3 bosqichi (darajasi) 
ni farqlashni taklif etdi.
Birinchi 
darajali 
narx 
diskriminatsiyasi 
(yoki 
mukammal 
narxli 
diskriminatsiya) tovarning har birligi firma tomonidan uning talab bahosi bo‘yicha, 
ya’ni xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal narx bo‘yicha sotilganda o‘z 
o‘rniga ega. Ba’zida bunday siyosatni xaridor daromadlari bo‘yicha narxli 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin