O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


  Oligopoliya bozori va uning xususiyatlari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

2. 
Oligopoliya bozori va uning xususiyatlari 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik 
holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement 
(asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir 
(Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni, telefon aloqa kompaniyalarini misol 
keltirish mumkin. 
Oligopoliya so‘zi grekcha bo‘lib (oligos - bir necha, poleo - sotaman) 
sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida 
rivojlangan mamlakatlardagi avtomobil sanoati, po‘lat, alyumin, elektrouskunalar 
va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan 
umumiy mahsulot hajmi bir necha firmalar hissasiga to’g’ri keladi. Masalan, 
Microsoft kompaniyasining prezidenti Bill Geyts oligopoliya maqomini 
yo‘qotmaslik uchun o‘zining raqobatchilarini doimiy ravishda moliyalashtirib 
turadi, chunki u bozorda monopol bo‘lib qolsa, davlatga juda katta soliq va boshqa 
to‘lovlarni to‘lashi kerak.
Odatda, oligopol bozorda 2 tadan 15 tagacha bo‘lgan kompaniyalar 
bozordagi barcha talabni qondiradi. Oligopol bozorning asosiy xususiyatlaridan 
biri bu biror bir firma faoliyatidagi o‘zgarish, albatta boshqa xuddi shunday tovar 
ishlab chiqarayotgan firmaga ta’sir o‘tkazishidadir. Ikkinchi firma raqobatda sinib 
qolmaslik uchun birinchi firma o‘zgarishiga javoban albatta biror o‘zgarish qilishi 
kerak. Bu o‘zgarish narxda, sotuv xajmida, bozordagi ulushida, investision va 
innovasion faoliyatda, xarajatlarni qisqatirish strategiyasida yoki sotishdan keyingi 
xizmat ko‘rsatishni yaxshilab borishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, bir 
firma o‘z mahsulotiga talabni rag’batlantirish uchun mahsulotining narxini 10 
foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan o‘z mahsulotini 
sotish hajmini anchaga oshirishi mumkin. Lekin firmaning bu narx siyosatiga 
javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi 
mumkin. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin