O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


  Oligopoliya bozorining asosiy modellari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

3. 
Oligopoliya bozorining asosiy modellari 
Oligopoliyalarni bozordagi faoliyat olib borish siyosati xar xil bo‘lganligi 
uchun ularning turli modellari va turlari shakllangan. Shartli ravishda ularni ikkiga 
ya’ni, kooperatsiyalashgan va kooperatsiyalashmagan oligopoliya turlariga bo‘lish 
mumkin.
Kooperatsiyalashgan oligopoliyada firmalar o‘zaro kelishib olgan holda 
faoliyat olib boradilar. Bir firmaning keyingi xarakatini boshqa bir firma oldindan 
biladi. 
Nokooperatsiyalashgan 
oligopoliyada 
firmalar 
mustaqil 
ravishda 
tavakallchilikni o‘z bo‘yniga olib optimal ishlab chiqarishni o‘zlari belgilaydilar. 
Shularga asoslanib oligopoliyalarning asosiy modellari tasniflanadi. 
Kurnoning duopoliya modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma o‘rtasidagi 
munosabatlarni duopoliya sharoitida 1838 yil birinchi bo‘lib o‘rgangan fransuz 
iqtisodchisi Ogyusten Kurno hisoblanadi. Bu holat nokooperatsiyalashgan 
oligopoliyani ilk marotaba tahlil qilish imkonini bergan. Bu munosabatni 
o‘rganishda quyidagilar faraz qilinadi: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab 
chiqaradi va bu tovarlarga bo‘lgan bozor talabi chizig‘i ularga ma’lum. Ikkala 
firma ham bir vaqtning o‘zida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish bo‘yicha 
qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, har bir firma 
shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul 
qiladi va mahsulotning pirovard narxi ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan 
umumiy mahsulot hajmiga bog’liq bo‘ladi.
Kurno modelida har bir firma mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qaror 
qabul qilganda, raqobatchi firma tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini 
o‘zgarmas deb qaraydi. Kurno modelini misolda ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, ikkinchi firma mahsulot ishlab chiqarish xajmi nolga teng. 
Unda birinchi firma bozordagi barcha talabni qondiradi va maksimal ishlab 
chiqarish xajmiga erishadi. Agar ikkinchi firma io‘lab chiqarishni bir birlikka 
oshirsa, unda birinchi firma bozordagi qolgan talabni qondiradi. (bozordagi talab-
ikkinchi firma mahsulotiga talab=birinchi firma ulushi). Agar ikkinchi firma 


maksimal darajada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, bozordagi barcha talabni 
qondirsa, birinchi firma o‘z ishlab chiqarishini nolga tenglashtirishga majbur 
bo‘ladi. Shunday qilib, bir firmaning optimal ishlab chiqarish xajmi boshqa bir 
raqobatchi firmaning ishlab chiqarish xajmini oshirishi yoki kamaytirishiga qarab 
o‘zgarib turadi.
Birinchi firmaning ishlab chiqarish chizig‘i bilan ikkinchi firmaning ishlab 
chiqarish chizig‘i kesishgan 
nuqtaga mos keluvchi birinchi va ikkinchi firmalar 
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari muvozanati Kurno 
muvozanati deyiladi.
Muvozanat nuqtada har bir firma o‘zining raqobatchi firmasining ishlab 
chiqarish hajmini aniq faraz qiladi. Muvozanat nuqtaga mos holda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi ikkala firma uchun ham optimal hisoblanadi va hech 
qaysi firma o‘z mahsulotining ishlab chiqarish hajmini optimal hajmdan ko‘proq 
yoki kamroq hajmga o‘zgartirishdan manfaatdor emas. 
Mahsulot hajmini optimal hajmdan har qanday o‘zgartirilishi ikkala 
firmaning ham daromadini kamayishiga olib keladi.
Kurno modeli duopolistlar Kurno muvozanat holatida bo‘maganda, ular shu 
muvozanatga erishish uchun harakat qilishi mumkinligi to’g’risida hech narsa 
demaydi. Nima uchun deganda, modelda raqobatchining mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi o‘zgarmas deb qilinadigan asosiy farazi bajarilmaydi. Hech qaysi firmaning 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan qolmaydi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin