maksimal darajada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib,
bozordagi barcha talabni
qondirsa, birinchi firma o‘z ishlab chiqarishini nolga tenglashtirishga majbur
bo‘ladi. Shunday qilib, bir firmaning optimal ishlab
chiqarish xajmi boshqa bir
raqobatchi firmaning ishlab chiqarish xajmini oshirishi yoki kamaytirishiga qarab
o‘zgarib turadi.
Birinchi firmaning ishlab chiqarish chizig‘i bilan ikkinchi firmaning ishlab
chiqarish chizig‘i kesishgan
nuqtaga mos keluvchi birinchi va ikkinchi firmalar
tomonidan ishlab chiqariladigan
mahsulot hajmlari muvozanati Kurno
muvozanati deyiladi.
Muvozanat nuqtada har bir firma o‘zining raqobatchi firmasining ishlab
chiqarish hajmini aniq faraz qiladi. Muvozanat nuqtaga mos holda ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi ikkala firma uchun ham
optimal hisoblanadi va hech
qaysi firma o‘z mahsulotining ishlab chiqarish hajmini optimal hajmdan ko‘proq
yoki kamroq hajmga o‘zgartirishdan manfaatdor emas.
Mahsulot hajmini optimal hajmdan har qanday o‘zgartirilishi ikkala
firmaning ham daromadini kamayishiga olib keladi.
Kurno modeli duopolistlar Kurno muvozanat holatida bo‘maganda, ular shu
muvozanatga erishish uchun harakat qilishi mumkinligi to’g’risida hech narsa
demaydi. Nima uchun deganda, modelda raqobatchining mahsulot ishlab chiqarish
hajmi o‘zgarmas deb qilinadigan asosiy farazi bajarilmaydi. Hech qaysi firmaning
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: